Higgsfield asoschisi Aleks Mashrabov Qozog‘iston fuqarosi bo‘ldi

Higgsfield asoschisi Aleks Mashrabov Qozog‘iston fuqarosi bo‘ldi

Higgsfield AI kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori Aleks Mashrabov Qozog‘iston fuqaroligini qabul qildi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tegishli farmonni 30 oktyabr kuni imzolagan. Bu haqda Qozog‘iston sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev ma’lum qildi.

Qozog‘iston pasportini Mashrabovga vazirning o‘zi topshirgan. Madiyevning aytishicha, mamlakat xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan sun’iy intellekt mutaxassislari va texnologik loyihalarni o‘z ekotizimiga jalb etishdan manfaatdor.

Aleks Mashrabov sun’iy intellekt yordamida tasvir va videolar yaratish imkonini beruvchi Higgsfield AI platformasining hammuassisi hisoblanadi. Ushbu kompaniyaga Mashrabov Yerzat Dulat bilan birgalikda asos solgan.

Tadbirkorning oilaviy ildizlari O‘zbekiston bilan bog‘liq. Uning otasi O‘zbekistondan. Biroq Mashrabov Qozog‘iston fuqaroligini qabul qilishidan avval qaysi davlat pasportiga ega bo‘lgani haqida ochiq manbalarda aniq ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar