Federal agentlar Amerika yetakchisi Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenni soliq jinoyatlarida ayblash va qurol sotib olish bilan bog‘liq yolg‘on guvohlik berish uchun yetarlicha dalillar to‘plashdi. Bu haqda kecha manbalarga tayanib “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, tergov tomonidan to‘plangan dalillar bazasiga qaramay, kichik Baydenga ayblov qo‘yish to‘g‘risida qaror Delaver federal prokurori tomonidan qabul qilinadi.
Delaver shtatining advokati Devid Vayss o‘z lavozimiga sobiq prezident Donald Tramp tomonidan tayinlangan, u Xanter Baydenga nisbatan tergovni 2020 yilgi saylov kampaniyasining asosiy mavzularidan biriga aylantirgan.
Xanter Baydenga qarshi tergov 2018 yilda boshlangan va 2020 yilgi saylovlar davrida o‘sha paytda AQSH prezidenti lavozimini egallab turgan va saylov natijalariga ko‘ra uni qaytarib olishni rejalashtirgan Donald Trampning diqqatini tortgan. Tramp bir necha bor Jo Baydenni yolg‘onchilikda va korrupsiyaga aloqadorlikda ayblagan. Respublikachi demokratni “prezidentlik uchun raqobatlasha olmaydigan korrupsion siyosatchi” deb ataydi.
“TheWall Street Journal” mart oyining oxirida Xanter Baydenga nisbatan o‘sib borayotgan soliq tekshiruvi haqida yozgan. Ishbilarmonlik nashriga ko‘ra, tergovchilar uning Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardagi biznes munosabatlarida soliq yoki boshqa qonunlarni, shu jumladan xorijiy hukumatlar uchun lobbichilikni tartibga soluvchi qonunlarni buzgan-buzmagani bilan qiziqqan.
Nashrning yozishicha, “Burisma”direktorlar kengashidagi faoliyati uchun Xanter Bayden 2014 yildan 2019 yilgacha oyiga 50 ming dollar olgan, bu mablag‘ “Rosemont Seneca Bohai” MCHJ hisobiga tushgan. Uning bu lavozimdagi faoliyatining katta qismi otasi Jo Bayden vitse-prezidentligi davrida sodir bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi