date
views 1 635

Ukraina: Okkupantlar Xersondan «davlat muassasalarini» evakuatsiya qilmoqda

Ukraina: Okkupantlar Xersondan «davlat muassasalarini» evakuatsiya qilmoqda
Foto: ukrinform
Rossiyaning Xersondagi okkupatsion ma’muriyati Xerson oblastining bosib olingan qismidan anneksiya qilingan Qrimga «davlat muassasalarini» evakuatsiya qilishni boshladi, deya xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi kechqurungi xulosasida.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Xersondan asosan banklar va pensiya jamg‘armasi xodimlari va mol-mulki olib chiqib ketilmoqda.

Bosh shtab Rossiya qo‘shinlari Baxmut va Avdeyevskiy yo‘nalishlarida hujum amaliyotlarini o‘tkazishga urinayotganini ko‘rsatmoqda. Kun davomida Ukraina pozitsiyalariga bitta raketa va o‘nta havo zarbasi berildi, YAO‘RTdan sakkizta raketa uzildi.

O‘ndan ortiq aholi punktlari, xususan, Xarkiv oblastining Strelechya va Terniy, Pavlovka va Novoselka - Donetsk va Pravdinoye va Belogorka - Xerson oblasti hududlari rossiyaliklar tomonidan zarbalarga uchradi.

Ukraina aviatsiyasi yigirmadan ortiq zarba berdi. Qurol-yarog‘ va harbiy texnika jamlangan o‘n yettita hudud, shuningdek, qarshi tomon havo hujumidan mudofaa tizimlarining to‘rtta pozitsiyasi yo‘q qilingani tasdiqlandi, bitta uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan.

Ukraina Bosh shtabining xulosasiga ko‘ra, raketa va artilleriya bo‘linmalari Rossiyaning bitta qo‘mondonlik punktiga zarba bergan.

Bundan oldin Xerson oblasti okkupatsion «ma’muriyati» rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov o‘zining Telegram-kanalida Ukraina Qurolli kuchlari «Dudchani-Berislav hududiga hujum uyushtirishga uringanini» ma’lum qilgandi.

«Rasmiy» yana bir bor Ukraina Qurolli kuchlarining anneksiya qilingan hududlarni ozod qilishga urinishlari qaytarilishini ta’kidladi, ammo shundan so‘ng u Xerson oblasti aholisiga «gumanitar yordam imkoniyatidan foydalanib, Rossiya Federatsiyasiga dam olish va sog‘lomlashtirish uchun yo‘l olishni» maslahat bergan yana bir postni e’lon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina: Okkupantlar Xersondan «davlat muassasalarini» evakuatsiya qilmoqda