21:58 / 08.11.2022
1 867

Ayollarni front uchun ko‘proq tug‘ishga chaqirgan ruhoniy Ukrainada halok bo‘ldi

Ayollarni front uchun ko‘proq tug‘ishga chaqirgan ruhoniy Ukrainada halok bo‘ldi
Foto: PhotoXPress
Ukrainadagi urushda rossiyalik ruhoniy Mixail Vasilyov halok bo‘ldi. Bu haqda rus provaslav cherkovining Moskva patriarxati xabar berdi. U Rossiya Strategik raketa kuchlarining (ya’ni yadro kuchlari) bosh garnizonida joylashgan chervok bosh ruhoniysi bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Mixail Vasilyov 6 noyabr kuni «Ukrainadagi maxsus harbiy amaliyot vaqtida vatanparvarlik burchini bajarayotib» halok bo‘lgan. 1971 yilda tug‘ilgan Vasilyov ruhoniy sifatida ko‘p marta harbiy harakatlar hududida xizmat qilgan. Uning vazifasi harbiylarni ruhlantirish bo‘lgan. Xususan, Bosniya, Abxaziya, Qirg‘iziston, Shimoliy Kavkaz va Suriyadagi «qaynoq nuqtalar»da bo‘lgan.

Ruhoniyning do‘stlari u o‘zi ruhlantirishi kerak bo‘lgan askarlar bilan parashyutdan ham birga tashlagani haqida gapirgan. Bir safar parayushti to‘liq ochilmay ikki umurtqasi singan.

Ruhoniyning o‘limi yuzasidan hamdardlik bildirgan patriarx Kirill uni mard va qat’iyatli deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vasilyov uzoq yillar davomida ko‘plab ofitser va askarlarni «manaviy ozuqa bilan ta’minlab kelgan», askarlar uni «desantchi ota» deb atagan.

Yadrochilar cherkovi ruhoniysi

Mixail Vasilyov yaqinda «Spas TV»da «Ruhoniyning javobi» dasturi mehmoni bo‘lgandi.
Foto: CPAS-TV/RUTUBE.RU

Rossiya Strategik raketa kuchlari cherkovi o‘z faoliyatini quyidagicha ifodalaydi: «Ruhoniylarimiz harbiylarning barcha formatdagi faoliyatida ishtirok etadi, yosh askarlarning qasamyod marosimida Strategik raketa kuchlarining harbiy kengashi-yu, poligonlardagi raketa sinovlarigacha».

Vasilyov ham Moskva patriarxiga qarashli «Spas TV» efirida mehmon sifatida ishtirok etgan. Oxirgi efirlardan birida safarbarlikdan qochish maqsadida Rossiyadan chiqib ketayotganlar haqida gapirgan edi.

«Farzandini tug‘ib katta qilish o‘rniga uni o‘ldiradigan ayolga qanday munosabatda bo‘lish mumkin? O‘zining harbiy burchidan qochgan odamga qanday munosabatda bo‘lish mumkin? Bunday insonlar xuddi erlik vazifasini bajarmaydigan erkaklarga o‘xshaydi», degandi ruhoniy.

Efir davomida boshlovchi «Yagona o‘g‘lini saqlab qolish uchun ona uni Kanar orollariga olib ketishi mumkinmi?» deb savol beradi. Vasilyov esa bunday holatda ona bolasini yo‘qotishdan qo‘rqishi kerak emasligini aytadi: «Xudo ayollarga ko‘plab bola tug‘ish imkonini beradi. Agar siz aytayotgan ayol Xudoning «tug‘ing va ko‘paying» chaqirig‘ini rad etib homiladorlikdan sun’iy tarzda saqlangan bo‘lsa, demak uning yana bola ko‘rish imkoni bo‘ladi. Shunday ekan, u uchun bolasidan vaqtincha ayrilish unchalik og‘ir bo‘lmaydi».

Ruhoniyning bu gaplari rossiyaliklar orasida keng muhokama qilindi, farzandlarning barchasi ota-ona uchun birdek qadrli ekanini aytib chiqqan boshqa ruhoniylar ham bo‘ldi.

Vasilyov Rossiyaning Ukrainaga bosqinida vafot etgan birinchi ruhoniy emas. Avval OAVda 45 yoshli Anatoliy Grigorev vafot etgani haqida ham xabar berilgandi. U Tataristondagi cherkovlardan birida ruhoniy bo‘lgan. Sentyabr oyi oxirida esa «Don» kazaklar brigadasi ruhoniysi Yefimiy Kozlovsev halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo