
Foto: Reuters
Vetnam dunyoning yetakchi turistik yo‘nalishi sifatida World Travel Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakat sovrin uchun kurashda Armaniston, Braziliya, Misr, Gretsiya, Yaponiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. G‘oliblar juma kuni kechqurun Ummonda bo‘lib o‘tgan Grand final gala-konsertida e’lon qilindi.
Vetnamda YUNЕSKO tomonidan tan olingan 8 ta jahon merosi ob’ekti joylashgan: Fong Nxa-Ke Bang milliy bog‘i, May Son ibodatxonasi, Xoyan qadimiy shahri va Hyuye yodgorliklari majmuasi, Halong ko‘rfazi, Trang An landshaft majmuasi, Thang Long imperator qal’asi va Xo sulolasi qal’asi.
So‘nggi yillarda ushbu ob’ektlar nufuzli sayyohlik jurnallari tomonidan ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Vetnam poytaxti Hanoy «dunyoning yetakchi dam olish maskani» sifatida tan olindi.
Uzunligi 150 metr va eni 12,8 metr bo‘lgan, shisha tola va to‘r simidan yasalgan ulkan qo‘llar ko‘rinishidagi Danang «Oltin ko‘prigi» dunyodagi eng mashhur turistik ko‘prik sifatida mukofotga sazovor bo‘ldi.
World Travel Awards 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, sayohat va sayyohlik sanoatida erishilgan yutuqlarni taqdirlaydi. Bu sovrin «sayohat industriyasining «Oskar» mukofoti» deb ham nomlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar