11:50 / 03.12.2022
1 404

AQSHda eng yangi «ko‘rinmas» bombardimonchi samolyot taqdim etildi

AQSHda eng yangi «ko‘rinmas» bombardimonchi samolyot taqdim etildi
Foto: Reuters
AQSHning Kaliforniya shtati Palmdeyl shahridagi Northrop Grumman zavodida B-21 Raider bombardimonchi samolyoti taqdim etildi, deb xabar beradi «Kommersant’». Samolyot «stels» texnologiyasidan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan. Ta’kidlanishicha, bu oltinchi avlodga tegishli bo‘lgan dunyodagi birinchi bombardimonchidir.

Yangi samolyot taqdimoti translyatsiyasi Northrop Grumman saytida olib borildi. Tadbirda mudofaa vaziri Lloyd Ostin qatnashdi. «Bu shunchaki yana bir samolyot emas. Bu Amerikaning biz barchamiz sevadigan respublikani himoya qilishga nisbatan qat’iyati timsolidir», — dedi Ostin.

B-21 Raider — Amerikaning 30 yil ichidagi birinchi yangi bombardimonchi samolyoti. U oddiy va yadroviy o‘q-dorilarni tashiy oladi. Samolyotda «bulutli» texnologiyalardan foydalanilgan bo‘lib, bu jangovar vazifalar bajarilishi ustidan nazorat olib borish uchun uning «raqamli egizagi»ni yaratish imkonini beradi. B-21 Raider podpolkovnik Jeyms Dulittl sharafiga nomlangan, u Ikkinchi jahon urushi davrida Pyorl-Xarbor bazasiga qilingan hujumga javoban Yaponiyani bombardimon qilish bo‘yicha operatsiyaga qo‘mondonlik qilgan.

Kompaniya ta’riflashicha, «samolyot dunyoning istalgan nuqtasida dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaa hududiga kirib olib, o‘z nishoniga borib tekkiza oladi», AQSHning hozirgi bombardimonchilari flotining 90 foizi bunga qodir emas, deb da’vo qiladi ishlab chiqaruvchi.

Reuters qayd etishicha, qurilma «ko‘rinmas» hisoblanadi va «uchar qanot» sxemasi bo‘yicha yasalgan. Samolyotning yuzasi mustahkam va ko‘zga tashlanmaydigan materialdan iborat.

Samolyot 2023 yilda havoga ko‘tarilishi kutilmoqda, uning birinchi joylashuv joyi AQSH Harbiy-havo kuchlarining Janubiy Dakota shtatidagi Ellsuort aviabazasi bo‘lishi mumkin.

Bitta qurilma narxi 750 million dollarga teng. AQSH Mudofaa vazirligi kompaniya bilan ushbu samolyotni yaratish haqida 2015 yildayoq shartnoma tuzilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda eng yangi «ko‘rinmas» bombardimonchi samolyot taqdim etildi