13:00 / 11.12.2022
2 406

Melitopolga zarba berildi. Ukraina tomoni 200 rossiyalik yo‘q qilinganini aytsa, okkupatsion hukumat esa...

Melitopolga zarba berildi. Ukraina tomoni 200 rossiyalik yo‘q qilinganini aytsa, okkupatsion hukumat esa...
Foto: Telegram
Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Melitopol hududiga 10 dekabr kuni kechqurun zarba berildi. Melitopolning ukrainalik meri Ivan Fedorov shahar sharqi va janubida kuchli yong‘inlar yuz bergani haqida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba, xususan, rossiyalik harbiylar yig‘ilgan joyga berilgan, 200 nafar rossiyalik halok bo‘lgan. Yaradorlarni tashish uchun Qrimdan tez yordam mashinalarini jalb qilishga to‘g‘ri keldi, deb qo‘shimcha qilgan Fedorov.

Anneksiya qilingan Zaporoje viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Yevgeniy Balitskiy Melitopolga zarba berilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dam olish bazasi o‘qqa tutilgan, u yerda «baza xodimlari ishlayotgandi, shanba kuni kechqurun odamlar, tinch fuqarolar kechki ovqatni yegan». Balitskiyning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgani va o‘n kishi yaralangani ma’lum.

O‘z navbatida, Zaporoje viloyati ma’muriyatining Rossiya tomonidan tayinlangan vakili Vladimir Rogov Melitopoldagi «Ovchilar to‘xtash joyi» dam olish bazasi HIMARS raketa tizimlaridan o‘qqa tutilganini aytdi. Ikkita ukrain raketasi urib tushirilgan, qolganlari nishonga yetib borgan, deb yozadi «RIA Novosti» Rogovning bayonotiga tayanib.

Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Melitopolning o‘qqa tutilgani yuzasidan hozircha izoh bermadi. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Melitopolga zarba berildi. Ukraina tomoni 200 rossiyalik yo‘q qilinganini aytsa, okkupatsion hukumat esa...