10:33 / 12.12.2022
886

Oyga parvoz qilgan Orion fazoviy kemasi Tinch okeaniga qo‘ndi (video)

Oyga parvoz qilgan Orion fazoviy kemasi Tinch okeaniga qo‘ndi (video)
Amerikaning Orion uchuvchisiz kosmik kemasi kapsulasi Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar beradi NASA.

Qo‘nish Meksikaning Quyi Kaliforniya shtati qirg‘oqlaridan g‘arbda joylashgan Gvadalupe oroli yaqinida odatiy rejimda amalga oshdi. Kapsulani AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining «Portlend» kemasi olib ketadi.

Bortida uchta maneken bo‘lgan Orion kemasi 16 noyabr kuni Amerikaning «Artemida» dasturi doirasida uchirilgandi. 25 kundan buyon davom etayotgan missiya mobaynida Orion Oyni ikki marta aylanib uchdi. Kema ichida tirik jonzotlar yo‘q — unda faqat manekenlar bo‘lib, ular ekipajning bo‘lg‘usi a’zolari uchun ma’lumotlar qayd etib boladi. Bu bortida odamlar bo‘lmagan kemaning birinchi marta uchirib sinalishidir.

«Artemida» missiyasi AQSH Oy dasturining birinchi bosqichi bo‘lib, maqsadi odamlarni Oyga tushirishdan iborat. Ikkinchi bosqichda Oyni bortida ekipaji bo‘lgan kema aylanib uchishi ko‘zda tutilgan. Uchinchi bosqich — odamlarni Oyga yetkazish — 2024 yilga rejalashtirilgan.

Avvalroq NASA vakili 2030 yilga kelib, astronavtlar Oyda yashaydigan va ishlaydigan bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Govard Xuning aytishicha, NASA Orion kemasi yordamida odamlarni Oyga tushirish imkonini beruvchi uzoq muddatli dastur ishlab chiqmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar «Artemida»ning joriy parvozi muvaffaqiyatli kechsa, unda keyingi parvoz ekipaj ishtirokida bo‘ladi. Undan keyin esa uchinchi parvoz uyushtirilib, uning doirasida astronavtlar bundan 50 yil avval — 1972 yil dekabrida «Apollon-17» kemasi parvozidan keyin birinchi marta yana Oyga qo‘nadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oyga parvoz qilgan Orion fazoviy kemasi Tinch okeaniga qo‘ndi (video)