1 383
Ukrainada urushning 297-kuni: Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari oqibatlari va front chizig‘idagi askarlar (foto)

Ukrainada urushning 297-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moskva oblasti harbiy komissari Mixail Fotin ikki yillik muddatli harbiy xizmatga qaytilishini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi buni rad etdi. Keyinroq Fotinning so‘zlari aytilgan syujet yutubdan o‘chib ketdi. Uning o‘zi esa bu video «ikki yil oldingi» ekanini aytdi. «Agor» huquq tashkiloti rahbari Pavel Chikov Fotinning so‘zlari qasddan qilingani haqida gapirdi — uningcha, bundan maqsad chaqiruv yoshidagilarni harbiy komissariatlarga kelishga undash bo‘lgan;
- Kremlning xabar berishicha, Putin «maxsus amaliyot»da qatnashgan qo‘shinlarning qo‘shma shtabida «ishlagan», shtab qayerda joylashganiga aniqlik kiritilmagan. Putin hali biror marta harbiy harakatlar hududiga kelmagan;
- Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabidagilar ma’lum qilishicha, 16 dekabr kungi yoppa zarbalar chog‘ida rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab 98 raketa uchirgan. Natijada mamlakatning bir qator yirik shaharlari va oblastlari toksiz qolgan. 18 dekabr kuni Kiyev meri Vitaliy Klichko shaharda issiqlik ta’minoti to‘liq tiklangani haqida xabar berdi;
- Ukraina qurolli kuchlari Rossiya fevral oyi oxirida yana Belarus hududidan Ukrainaga bostirib kirishga urinishini aytmoqda. Ukraina harbiy razvedkasi ma’lum qilishicha, hozircha RF yangi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotgani alomatlari yo‘q;
- Bosib olingan Zaporijjya AES hududida ishlatilgan yadroviy chiqindilarni saqlanadigan omborlar ustida himoya gumbazlari qurish boshlandi.
Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyevda yangi yil archasi

Kiyevdagi Sofiya maydoniga o‘rnatilgan archa. 12 metr balandlikdagi bezatilgan daraxt generator hisobiga yoritilgan — ammo kun davomida emas, ma’lum soatlarda yoritiladi. Archa atrofida an’anaviy bayram yarmarkasi tashkil etmaslikka qaror qilindi. Shu bilan birga, archa atrofida kiyevliklar o‘z gadjetlarini quvvatlab olishi mumkin bo‘lgan joy barpo etildi.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Ishchilar yangi yil archasini oq kabutarlar va ko‘k-sariq shariklar bilan bezatishmoqda
Danylo Antoniuk / Anadolu Agency / ddp images / Vida Press
Baxmutdagi aholi va ukrain askarlari hayoti

Baxmutlik ayol shahar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan ukrain harbiylari bilan so‘zlashmoqda. Baxmut uchun faol janglar avgust oyi boshidan buyon davom etmoqda. Rossiyaning bu yo‘nalishdagi asosiy kuchi — «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yollanma jangchilaridir.
Chris McGrath / Getty Images

Baxmutdagi ukrain harbiylari
Chris McGrath / Getty Images

Baxmutdagi tashlandiq do‘kon oldidagi mushuk bilan o‘ynashayotgan ukrainalik harbiy. Ayni vaqtda rossiyalik harbiylar shaharni o‘rab olishga urinmoqda. Foto: Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi front chizig‘iga ketayotgan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Front chizig‘idagi ukrain harbiysi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainlar harbiy texnikasi Baxmutdagi ko‘chalardan biridan o‘tmoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Baxmutda vayron bo‘lgan ko‘prikda turgan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutdagi ukrain harbiysi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutda xandaq qaziyotgan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassdagi ukrain askarlari portretlari

Libcos / AP / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Libcos / AP / Scanpix / LETA

Libcos / AP / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi ukrain artilleriyachilari
Rossiya Zaporijjya oblastining janubiy qismini nazorat qilmoqda. Bu region — Ukraina armiyasining navbatdagi qarshi hujumi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Dekabr oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya qo‘shinlari alohida bo‘linmalarni olib ketayotgani, Mixaylovka va Injenernoye posyolkalari, shuningdek Pologi shahridagi rossiyaparast ma’muriyat xodimlarini evakuatsiyaga tayyorlayotgani haqida xabar qilgandi.
Bundan tashqari, Burchak posyolkasida «aholining ko‘ngilli evakuatsiyasi» uchun ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilgan. Shu bilan birga, Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenko Mariupol orqali Berdyanska va Melitopol shaharlari yo‘nalishida Rossiya harbiy texnikalari ko‘paytirilganini aytgan.

Ukrain harbiylari Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida
Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain harbiylari «Msta-B» gaubitsasini yashirishmoqda
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA

Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari oqibatlari
Rossiyaning raketa zarbalaridan biri Kriviy Rihdagi turar joy binosi pod’ezdini vayron qildi. Natijada to‘rt kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralandi, ular orasida to‘rt nafar bola ham bor. 17 dekabr tongida Dnepropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Valentin Reznichenko uy xarobalari orasidan bir yarim yoshli chaqaloq jasadi ham chiqarib olinganini xabar qildi.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari rossiyaliklarning Kriviy Rihdagi binoga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Qizil Xoch tashkiloti xodimi Kriviy Rihda vayron bo‘lgan bino oldida mahalliy aholi vakilini yupatmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Uy xarobalarida ishlayotgan qutqaruvchilar
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina bo‘ylab raketa zarbalaridan keyingi blekaut

Kiyev markazi. 16 dekabr kuni Rossiya harbiylari yana bir bor energetika obyektlariga yo‘llagan zarbalardan keyin barda sham yorug‘ida o‘tirgan odamlar. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi uylardan biri devoridagi soat. Rossiya harbiylarining energetika infratuzilmalari obyektlarini o‘qqa tutishi oqibatida Ukraina poytaxti yana elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyev aholisi vakili isinish punktida o‘g‘lini ingalyator orqali nafas oldirmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev aholisi vakillari metro bekatida internetga kirish uchun signal qidirmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev aholisi vakillari bekatda avtobus kutmoqda. Shaharda metro elektr energiyasini o‘chirish vaqtida ishlamayapti
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev aholisi vakili elektr energiyasini o‘chirish vaqtida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Kramatorsk aholisi vakili o‘z uyi hovlisida gulxanda kechki ovqat tayyorlamoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar