20:46 / 08.01.2023
522

Turkiyada yangi yil kechasi terakt uyushtirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Turkiyada yangi yil kechasi terakt uyushtirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi yangi yil kuni terakt uyushtirishda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Istanbul politsiyasiga bo‘ysunuvchi razvedka bo‘limi boshqarmasi tomonidan 31 dekabr kuni Turkiyada terakt uyushtirishda gumon qilingan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi.

"O‘z postlarida 'kofir' deya ta’riflagan davlatlarga qarshi teraktlar uyushtirishga buyruq bergan va mamlakatimizni nishonga olgan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari 2017 yil 1 yanvar kuni Yangi yil arafasida sodir bo‘lgan teraktga o‘xshash tayyorgarlik ko‘rayotgan edi", — deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchilar "Islom davlati" terrorchilik guruhi a’zolari bo‘lib, ISHIDdan ko‘rsatmalar olgani aytilmoqda. Ular 31 dekabr kuni Istanbulda avtomobilda qochayotgan payti qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo