Baydenning uyida 12 soat tintuv o‘tkazildi va maxfiy hujjatlarning uchinchi partiyasi topildi

1 daqiqa o'qish469
Baydenning uyida 12 soat tintuv o‘tkazildi va maxfiy hujjatlarning uchinchi partiyasi topildi
Foto: Reuters
AQSH Adliya vazirligi xodimlari prezident Jo Baydenning Delaver shtati, Uilmington shahridagi uyida tintuv o‘tkazish chog‘ida maxfiy hujjatlarning yangi to‘plamini topdi. Bu haqda prezidentning advokati Rob Bauer jurnalistlarga ma’lum qildi.

Tintuv 20 yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tgan va 12 soat davom etgan. Hammasi bo‘lib oltita hujjatda «maxfiy» va «tegishli materiallar» belgisi topilgan. Bauerning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarning bir qismi Bayden senator bo‘lgan davrga (u 1973 yildan 2009 yilgacha Delaver shtatidan Senat vakili bo‘lgan), ikkinchi qismi vitse-prezident bo‘lgan davrga (2009—2017 yillar) tegishli.

Bundan tashqari, advokatning aytishicha, Adliya vazirligi xodimlari Baydenning vitse-prezidentlik davrida yozilgan bir nechta qo‘lyozmalarni olib ketishgan.

Bauerning ta’kidlashicha, Baydenning shaxsiy qarorgohiga kirish prezident jamoasining «jarayonni iloji boricha tezroq o‘tkazish» taklifi bilan amalga oshirilgan; vazirlik advokatlardan tergov harakatlarini oldindan e’lon qilmaslikni so‘ragan. AQSH prezidentining maxsus maslahatchisi Richard Zauberning so‘zlariga ko‘ra, tintuvda davlat rahbari va birinchi xonim Jill Bayden ishtirok etmagan, jarayon advokatlar va Oq uy vakillari bilan birga olib borilgan.

Bu tergovchilar tomonidan topilgan maxfiy hujjatlarning uchinchi partiyasidir. Birinchisi 2022 yil noyabr oyida Penn Biden Center tahlil markazida topilgan. Qog‘ozlar orasida AQSH razvedkasi hisobotlari, Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga oid brifing materiallari bor edi. Amerika yetakchisi u yerda bunday qog‘ozlarning topilganidan hayratda ekanini bildirdi. Ikkinchi partiya Baydenning Delaverdagi uyi garajidagi ombordan, shuningdek, xonalardan birida topilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?