
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga urush fonida 20 yil mobaynida eng past darajaga tushgan tug‘ilish darajasini tezda ko‘tarish yo‘lini ishlab chiqishni topshirdi. Taxminlarga ko‘ra, tug‘ilish darajasi yaqin yillarda Ikkinchi Jahon urushi darajasidan ham pastga tushishi mumkin.
Putinning juma kuni Kreml saytida e’lon qilingan ko‘rsatmalar ro‘yxatiga ko‘ra, ikki hafta muddatda — 10 fevralgacha — Vazirlar Mahkamasi «tug‘ilish darajasini oshirish va bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishi va taqdim etishi kerak».
Yangi «demografik paket»da prezident topshirig‘iga ko‘ra, avvaldan «samaradorlikni baholashni ta’minlash», shuningdek, moliyalashtirish manbalarini topish zarur. Putin bunga bosh vazir Mixail Mishustinni buyruqning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul etib tayinladi.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil oktabr oyida Rossiyada 107,2 ming bola tug‘ilgan, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 12,8 ming bolaga kam. Tug‘ilish darajasining pasayishi - yiliga 10,7 foizga yetib, bu 2020 yildan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
Rossiyada 10 oy davomida jami jami 1,092 million bola tug‘ildi - 2021 yilning shu davriga nisbatan 77,8 ming (-6,2 foiz) kam. Shu bilan birga, tug‘ilishning nisbiy koeffitsiyenti - 100 ming aholiga 9 bola - 2001 yildan beri eng past ko‘rsatkichga aylandi.
Rossiyada har yili deyarli 2 million bola tug‘ilgan Qrimning anneksiya qilinishidan oldingi darajaga nisbatan tug‘ilish darajasi deyarli uchdan biriga kamaydi. Va bu urush tufayli muqarrar ravishda tezlashadigan jarayonning boshlanishi: 1990 yillarning oxirida, postsovet iqtisodiy inqirozidan keyin o‘rnatilgan tug‘ilish koeffitsiyentining pastki darajasi kelgusi yilda yangilanadi, deb taxminlarini bildirgan Gaydar instituti demografi Igor Yefremov.
Yefremovning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda tug‘ilgan bolalar soni 1,2 millionga, 2024 yilda esa millionga kamayadi, bu mamlakatning zamonaviy tarixidagi (Ikkinchi jahon urushidan beri) mutlaq minimal bo‘ladi.
“Tug‘ilish darajasiga asosiy zarba bilvosita bo‘ladi, chunki ko‘pchilik oilalarning rejalashtirish ufqi butunlay yo‘q qilinadi. Va bu ta’sir safarbarlik qanchalik uzoq davom etsa, shuncha kuchliroq bo‘ladi», deydi demograf.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar