
Foto: “Ariana news”
“Tolibon”ning yuqori martabali amaldorlari o‘zlarining oliy yetakchisi mulla Haybatulla Oxundzodani taxtdan ag‘darish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda News 18 xabar berdi.
Ma’lumot Afg‘onistondagi yuqori manbalar tomonidan berilgan, Oxundzodaning lavozimidan ketishiga ayollarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiq sabab qilib ko‘rsatilgan. Avval ham Afg‘oniston bosh vaziri Abdul G‘ani Barodar ayollarning o‘qish va ishalshiga qo‘yilgan taqiqqa qarshi chiqib, fuqarolardan o‘z huquqlariga ega chiqishni talab qilgandi.
“Tolibon” yetakchisi mulla Haybatulla Oxundzoda ayollarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi yuzasidan “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi asoschisining o‘g‘li Sirojiddin Haqqoniy va “Tolibon” asoschilaridan birining o‘g‘li Mulla Yoqub bilan uchrashishdan bosh tortgan.
Agar “Tolibon” yetakchisi taxtdan ag‘darilsa, uning o‘rnini Abdul G‘ani Barodar egallashi kutilmoqda. Bu bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borilmoqda.
2022 yil dekabr oyida ayollarning universitetlarda o‘qishini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror “Tolibon”ning yuqori amaldorlarida norozilikka sabab bo‘ldi. Ammo ularning noroziligi samara bermadi, chunki Oxundzoda xalqaro bosim ostida taqiqni bekor qilmasligini ta’kidlamoqda.
“Ammo Haqqoniy va Yoqub Afg‘oniston uchun xalqaro ko‘mak juda muhim ekanini ta’kidlab, bu pozisiyani qabul qilishni istamaydi”, — deydi manbalar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar