Shov-shuvli qur’a: Chempionlar Ligasida kimlar o‘zaro to‘qnashadi? (To‘liq ro‘yxat)

Monakoda klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa — UYEFA Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi. Yangi shveysarcha formatga muvofiq, turnirda jami 36 ta jamoa yagona jadval tizimida bahs olib boradi.
Har bir jamoa umumiy bosqich doirasida sakkiztadan uchrashuv (to‘rttasi o‘z maydonida va to‘rttasi safarda) o‘tkazadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, birinchi savatchadagi barcha Yevropa grandlari uchun haqiqiy superto‘qnashuvlar aniqlandi.
1-savatcha grandlari kimlar bilan o‘ynaydi?
Yevropaning eng qudratli jamoalarining to‘liq taqvimi quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Real Madrid»: «Inter», «Arsenal», «PSV», «Roma», «RB Leypsig», «Shaxtyor», LASK, AYEK;
«Barselona»: «Manchester Siti», «PSJ», «Aston Villa», «Sporting», «Feyenoord», «Galatasaroy», «Komo», «Sabah»;
«Manchester Siti»: «PSJ», «Barselona», «Sporting», «Portu», «Napoli», «Sabah», «Slaviya»;
«Inter»: «Real Madrid», «Liverpul», «Bryugge», «Borussiya Dortmund», «Shaxtyor», «Feyenoord», «Shtutgart», «Slovan»;
«Bavariya»: «Arsenal», «Atletiko Madrid», «Betis», «Manchester Yunayted», «Budyo-Glimt», «Lill», «Slaviya», «Viking»;
«Arsenal»: «Real Madrid», «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «Betis», «Lill», «Napoli», «Sabah», «Slaviya»;
«Liverpul»: «Atletiko Madrid», «Inter», «Portu», «Bryugge», «Vilyarreal», «Fenerbahche», «Lans», LASK;
«PSJ»: «Barselona», «Manchester Siti», «Roma», «Aston Villa», «Galatasaroy», «Vilyarreal», «Slovan», «Komo»;
«Atletiko Madrid»: «Bavariya», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «PSV», «Fenerbahche», «Budyo-Glimt», «Viking», «Shtutgart».
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» Yevropa gigantlariga qarshi!
O‘zbekistonlik muxlislar uchun qur’aning eng e’tiborli jihati — Ozarbayjonning «Sabah» klubi to‘qnash keladigan raqiblar bo‘ldi. Tarkibida hamyurtimiz Umarali Rahmonaliyev muvaffaqiyatli to‘p surayotgan jamoa umumiy bosqichda naq uchta superklubga — «Barselona», «Manchester Siti» va «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.
Musobaqa qachon boshlanadi?
Yevropa Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumining umumiy bosqich ilk tur bahslariga 8 sentyabr kuni rasman start beriladi. Jamoalarning pley-off yo‘llanmasi uchun kurashi kuz-qish mavsumi davomida qizg‘in davom etadi.































Izohlar 0
…