
Foto: AP Photo
Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi matbuot kotibi Andrey Yusov Rossiya bilan urush fevral oyida qanday kechishini prognoz qildi. Bu haqda Fokus.ua xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda frontdagi vaziyat og‘ir. Rossiya armiyasi oldinga siljishda davom etmoqda. Urushda rus harbiylarining yo‘qotishlari Ukraina armiyasidan ko‘ra ancha ko‘pligi aytilgan.
“Rus qo‘shinlari hozircha toqat qilmoqda. Lekin Rossiyaga ketayotgan jasadlar soni, shuningdek, og‘ir yaradorlar, menimcha, ertami kechmi, hatto bu zombilashgan jamiyatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi”, — deydi razvedka xodimi.
Yusovning aytishicha, Rossiya Ukrainaga xalqaro harbiy yordam kuchayib borayotganini yaxshi biladi. Bundan tashqari, tez orada Ramshteyn aviabazasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
“Yaqinda navbatdagi Ramshteyn uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash haqida ko‘proq yangiliklar yangraydi. Shuning uchun qisman safarbar qilingan, 'Vagner' va boshqa xususiy harbiy kompaniya harbiylari hujum qilishda davom etmoqda”, — dedi Yusov.
Uning qayd etishicha, Ukraina harbiylarining mahorati va xalqaro ko‘mak Rossiya hujumini qaytarishga yordam beradi.
“Fevral mart oylari juda faol bosqichda bo‘ladi. Rossiya qo‘shinlarining ahvolini hisobga olsak, ularning soni bo‘yicha jang qilishdan boshqa iloji yo‘q”, — ta’kidladi Yusov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar