22:06 / 12.02.2023
735

Ukrainada urushning 353-kuni: Vuhledarda yakson bo‘lgan rossiyaliklar kolonnasi, Baxmutda jang qilayotgan «Azov» brigadasi (foto)

Ukrainada urushning 353-kuni: Vuhledarda yakson bo‘lgan rossiyaliklar kolonnasi, Baxmutda jang qilayotgan «Azov» brigadasi (foto)
Ukrainada urushning 353-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
  • «Komsomolskaya pravda» jurnalisti Vladimir Romanenko nashr saytida urushga qarshi materiallar joylashtirdi. Romanenko hukumatni tanqid qiluvchi matnlarni urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan e’lon qilganini aytgan va o‘z harakatini «aybni yuvish» deb atagan. Materiallar saytdan zudlik bilan o‘chirib yuborilgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Rossiya qo‘shini urush boshidan buyon ilk bor dronlarning yangi tipini qo‘llagani haqida aytdi — bu dengizda suv yuzasida harakatlanuvchi apparatlar. Avvalroq Rossiya tarafdori bo‘lgan harbiy telegram-kanallar bunday qayiq-dronlar Odessa oblastidagi Zatoke ko‘prigiga hujum qilgani aks etgan videoni tarqatgandi.
  • Putin Qrim ko‘prigidagi yong‘inni o‘chirishda qatnashgan o‘t o‘chiruvchilar hamda portlash vaqtida Kerch bo‘g‘ozidagi ko‘prik bo‘ylab harakatlangan yuk poyezdi mashinistlarini orden va medallar bilan taqdirladi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga sirtdan ayblov e’lon qildi. UXX versiyasiga ko‘ra, Bastrikin Rossiyaning qurolli tajovuzi va Ukraina janubi hamda sharqidagi oblastlar hududlarini egallab olishini oshkora oqlagan, shuningdek bosib olingan hududlarda qatag‘onlar uyushtirilishiga hissa qo‘shgan.
  • Belgorod oblasti rahbari Ukraina bilan chegaradosh rayonlardagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilgani, Shebekino shahrida uch kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Kursk oblasti rahbari Sudjanskiy rayonidagi Guyevo qishlog‘iga zarbalar kelishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangani haqida xabar bergan.

Kun kadri. Vuhledar atrofida yakson etilgan Rossiya zirhli texnikalari kolonnasi

Suratdagi holat 2023 yil fevralida Ukraina armiyasi tomonidan tasvirga olingan — aniq sana ko‘rsatilmagan. Ukrain harbiylarining tasdiqlashicha, fotosuratda Rossiyaning yakson etilgan va shikastlangan tanklari aks etgan — kolonna Vuhledarga hujum qilishga urinish chog‘ida zarbaga uchragan.
Ukrainian Armed Forces / AP / Scanpix / LETA

9 fevral kuni Ukrainadagi qator telegram-kanallar, shuningdek «Vagner» XHK bilan aloqador hisoblangan Grey Zone kanali Donetskdan 60 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vuhledar (Ugledar) shahrida Rossiya texnikalari kolonnasi yakson etilganini xabar qildi. Keyinroq bu ma’lumotni OSINT mustaqil tadqiqotchilari tasdiqladi. Rob Li 31 dona zirhli texnikalar, jumladan 15 tank (ular orasida T-72B3 va T-80BVM tanklari ham bor) yakson etilgani haqida ma’lum qilgan. «DXR»ning sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov ham RF qurolli kuchlari Vuhledar atrofida qaqshatqich zarbaga uchraganini aytdi — uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar 30 dan ortiq zirhli texnikani yo‘qotgan, «bir necha o‘nlab» tankchilar halok bo‘lgan.

Niderlandiyaning OSINT-loyihasi bo‘lmish Oryx manbasiga ko‘ra, 8-10 fevral kunlari Avdiyivka va Vuhledarga hujumlar vaqtida Rossiya jami 103 dona texnika, jumladan 36 ta tank yo‘qotgan. Ukraina esa bu davrda, tahlilchilarning hisoblariga ko‘ra, 20 dona texnikasidan ayrilgan, shundan ikkitasi tank. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti yozishicha, Vuhledar ostonasidagi mag‘lubiyat rossiyalik harbiy muxbirlarda RF qurolli kuchlari qat’iy yurish boshlashiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan. «Blogerlar bu kadrlardan Rossiya qo‘mondonligini rossiyalik harbiylar butun urush davomida yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlangani uchun tanqid qilishda foydalanmoqda», — deb hisoblaydi tadqiqotchilar.

Rossiya mudofaa vazirligi Vuhledar atrofidagi yo‘qotishlar to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirmagan. 11 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Donetsk yo‘nalishidagi vaziyatni «eng keskini» deb atadi — uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda rossiyalik harbiylar har kuni 50 dan ortiq hujumlar uyushtirmoqda, Vuhledar va Mariyinka hududlarida esa «qattiq janglar» ketmoqda. Shu bilan birga, Zalujniy Ukraina armiyasi frontning ayrim uchastkalarida avval boy berilgan pozitsiyalarni qaytarib olganini aytgan.

Ukrain qo‘shinlarining Vuhledar atrofidagi pozitsiyalari

Yerto‘ladagi ukrainalik harbiy. Surat oldingi chiziqda 2023 yil 11 fevralida olingan
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA


Vuhledar atrofidagi front chizig‘i
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA


Minomyot snaryadi olib kelayotgan ukrainalik harbiy
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA


Ukraina qurolli kuchlari askarlari Rossiya qo‘shini pozitsiyalarini minomyotdan o‘qqa tutmoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi «Azov» askarlari

Baxmut uchun janglar 2022 yil iyulidan buyon davom etmoqda. 11 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain qo‘shini «dushmanning doimiy bosimi»ga qaramay, shaharni nazoratida saqlab turgani va uning atrofidagi front chizig‘idagi vaziyatni barqarorlashtirishga urinayotganini aytdi. Urushlarni tadqiq etish instituti o‘zining so‘nggi svodkasida Rossiya qo‘mondonligi shaharga yorib kirish maqsadida saralangan bo‘linmalar jangchilaridan foydalanayotganini ma’lum qildi.

RF armiyasi Baxmutni muntazam ravishda o‘qqa tutib keladi — ko‘ngillilarning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda shaharda «birorta butun imorat qolmagan».

9 fevral kuni «Azov» polki Ukraina Milliy gvardiyasi brigadasi darajasida kengaytirilgani ma’lum bo‘ldi — uning tarkibidagi jangchilar soni ham oshadi. Polkning maxsus topshiriqli kuchlari yanvar oyi oxirida Ukraina qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari 3-alohida shturmchi brigadasiga aylangandi. «Azov» jangchilari Baxmut yo‘nalishidagi janglarda ham qatnashmoqda.

Amerikaning Hummer rusumli zirhli avtomobilining ichkarisidan ko‘rinish — uni Ukrainaning 3-armiya shturmchi brigadasi «Azov» maxsus topshiriqli kuchlari askarlari boshqaradi. 2023 yil 11 fevral
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Hummer zirhli avtomobili atrofidagi «Azov» jangchilari
Libkos / AP / Scanpix / LETA


«Azovchilar» tungi janglardan keyin blindajda dam olmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA


«Azov» jangchilari okopda
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 rusumli samolyoti Baxmut atrofida front chizig‘i uzra uchmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Ukrain harbiy mediklarining «Avstriyka» nomli avtobusi

2022 yil iyun oyi oxirida «Gospitalerlar» brigadasi tibbiy avtobusi ukrain askarlarini front chizig‘idan evakuatsiya qilish chog‘ida harbiy KrAZ bilan to‘qnashgandi. Avariya oqibatida medik Natalya Frausher halok bo‘lgan — u 2022 yil fevraliga qadar eri bilan Avstriyada yashagan, ammo keng ko‘lamli bosqin boshlangach, Ukrainaga qaytib, aprel oyida «Gospitalerlar» bataloniga qo‘shilgan va Avstriyka laqabini olgandi.

2023 yil fevralida «Gospitalerlar» avtobusi hospital sifatida jihozlanib, Frausher laqabi bilan nomlandi. Kichik tez yordam karetalaridan farqli ravishda, avtobusda kamida 11 nafar yaradorni tashish mumkin. Xayriya fondlari va alohida saxovatpeshalar avtobusni tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun ikki million grivna (54 ming dollar) yig‘ishgan. Mobil hospital ichida sun’iy nafas oldirish apparatlari va defibrillyatorlar bor.

Ukrainalik shoira Yelena Gerasimyuk (chapda) va Anna Skolbushevskaya avtobus oldida bemorlarni kutishmoqda. Bu ikki ayol — «Gospitalerlar» tibbiy bataloni ko‘ngillilari sanaladi. 2023 yil 11 fevral
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Gera taxallusi bilan tanilgan shoira Yelena Gerasimyuk feldsher bo‘lib ishlamoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


«Gospitalerlar» tibbiy bataloni paramediklari va shifokorlari
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi boshqa ukrain askarlari

2023 yil fevralida Baxmut Rossiya asosiy kuchlarini yo‘naltirgan asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. RF armiyasi shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutib, «aviatsiyani faol qo‘llamoqda», ko‘cha janglari ham ro‘y berib turadi.

Ukraina Davlat chegara xizmati vakillari Baxmutdagi operativ shtabda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Chernovitskaya oblasti ma’muriyatining sobiq raisi Sergey Osachuk (markazda) Baxmutda. U hozirda chegara xizmati podpolkovnigi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Baxmutda Starlink qurilmasi yonidagi ukrainalik harbiy
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Ukraina Davlat chegara xizmati harbiyi Baxmutda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutda tinch aholi vakillari

Urushga qadar Baxmutda 73 ming kishi yashagan, ularning katta qismi otishmalar tufayli shaharni tark etib ulgurgan. Donetsk oblasti politsiyasiga ko‘ra, hozirda Baxmutda olti mingga yaqin kishi qolgan, ularning taxminan 200 nafari — bolalar. Shaharda qolganlarning ko‘pchiligi bemor yoki yoshi katta qarindoshlariga (ular evakuatsiya bo‘lishni xohlamaydi yoki keta olmaydi) qarash uchun ketmaslikka qaror qilishgan. Shunga qaramay ko‘ngillilar Baxmutdan odamlarni nisbatan xavfsiz hududlarga olib ketishda davom etmoqda.

Baxmut markazida harbiy harakatlar izlari
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Mahalliy aholi vakillari boshpanada isinmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Baxmutda suv chiqarayotgan aholi vakillari
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Baxmutdagi shahar shifoxonasi binosi hovlisidagi jasadlar
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Vuhledarlik qochqinlar Kiyevda

Vaqtincha bosib olingan hududlarni qayta integratsiya qilish masalalari bo‘yicha vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, fevral oyi boshiga kelib 4,8 million ukrainalik Rossiya bosqini tufayli mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan qochqinlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Vitse-premer Irina Vereshchukka ko‘ra, bunday odamlarning haqiqiy soni qariyb yetti millionga yetishi mumkin. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yana 4 million 823 ming ukrainalik Yevropada qochqinlar sifatida qayd etilgan.

10 fevral kuni «DXR» rahbari Denis Pushilin Vuhledar aholisi Volnovaxaga «evakuatsiya qilinishi» boshlanganini xabar qildi. Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar shaharning janubiy qismida o‘rnashgan.

Olga Kiseleva va uning qizlari Yeva (markazda) hamda Mila Kiyevda qochqinlarni qabul qilish markazida, 2023 yil 10 fevral. Olga va qizlari — Vuhledardan kelishgan
Vasilisa Stepanenko / AP / Scanpix / LETA
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 353-kuni: Vuhledarda yakson bo‘lgan rossiyaliklar kolonnasi, Baxmutda jang qilayotgan «Azov» brigadasi (foto)