date
views 2 242

Xitoy Rossiyaning 8 shahriga da’vo qilmoqda

Xitoy Rossiyaning 8 shahriga da’vo qilmoqda

Xitoy Xabarovskni Boliga, Blagoveshenskni Xaylanpaoga, Vladivostokni Xayshenvayga o‘zgartirib, shuningdek, Rossiyaning boshqa shaharlari nomi o‘zgartirilgan holda yozilgan geografik xarita suratini e’lon qildi.

Xitoy tabiiy resurslar vazirligi xaritalar toponimiyasi bo‘yicha yangi qoidalarni e’lon qilgan. Uzoq Sharq shaharlari endi ruscha emas, xitoycha nomlanadi. Bu hududlar Xitoyda 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiya tomonidan "bosib olingani" aytiladi.

Yangi direktivaga ko‘ra, Vladivostok Xayshenvay (Trepang ko‘rfazi), Xabarovsk esa Boli va Saxalin oroli Kuyedao deb nomlanadi.

Ta’kidlash kerak, ro‘yxatda xitoycha nom olgan Rossiyaning 8 ta shahri va hududi mavjud. Ussuriysk — Shuanchenszi, Blagoveshchensk — Xaylanpao, Nerchinsk — Nibuchu, Nikolayevsk-na-Amur — Myaotsz, Stanovo tizmasi — Vaysina anling, Saxalin — Kvedao shular jumlasidandir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Rossiyaning 8 shahriga da’vo qilmoqda
-->