07:23 / 03.04.2023
295

Ukrainada urushning 402-kuni: «Antonov»dagi pulemyotchilar va Zaporijjyada zarbaga uchragan qabriston (foto)

Ukrainada urushning 402-kuni: «Antonov»dagi pulemyotchilar va Zaporijjyada zarbaga uchragan qabriston (foto)

Ukrainada urushning 402-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • AQSh Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda.
  • Rossiya maxsus xizmatlari The Wall Street Journal muxbiri, FXX josuslikda ayblagan Evan Gershkovichni kuzatib kelgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalistning o‘zi telefoni eshitilayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
  • Vashington barcha amerikaliklarni — «hatto jurnalistlar»ni ham — Rossiyadan ketishga chaqirdi.
  • Ukraina hukumati Ukraina provaslav cherkovi mitropoliti Kiyev-Pechersk lavri noibi Pavelni (Lebed) Rossiya bosqinini oqlashda gumonlamoqda. Uning uyida tintuv o‘tkazilgan. Sud ruhoniyni uy qamog‘iga jo‘natgan.
  • Rossiya bir oy davomida BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi. Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba buni «xalqaro hamjamiyat yuziga tarsaki» deb atadi.

Buchada halok bo‘lganlarning portretlari ilingan xiyobon

Kiyev atrofidagi Bucha shahri 2022 yil martida Rossiya qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilingandi. 2023 yil 31 mart kuni, shahar ozod etilganining bir yilligida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, shuningdek Moldova prezidenti Mayya Sandu, Slovakiya bosh vaziri Eduard Xeger, Sloveniya bosh vaziri Robert Golob hamda Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich okkupatsiya chog‘ida halok bo‘lganlarni xotirlashdi. Bucha ozod etilganining bir yilligi munosabati bilan shaharda qurbonlarning portretlari ilingan xiyobon ochildi.

Buchada Rossiya okkupatsiyasi chog‘ida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari portretlari galereyasi oldida turgan keksa yoshli ayol
Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Avdiyivkadan evakuatsiya

Avdiyivka — Donetskka shimoliy yo‘ldosh shahar bo‘lib, bu yerda urushga qadar 35 ming kishi yashagan. Shahar hududining katta qismini kimyoviy va metallurgiya korxonalari band etgan, Ukraina qurolli kuchlari bu hududlarda 2014-2015 yillardayoq mudofaa istehkomlari barpo eta boshlagan — o‘shanda hududga juda yaqin joylashgan Donetsk aeroporti uchun urush boshidan buyon eng muhim janglardan biri bo‘lib o‘tgandi.

2022 yilda, keng ko‘lamli urush boshlangach, Avdiyivka dastlabki shturm harakatlariga bardosh berdi, ammo o‘tgan yil kuziga kelib Rossiya qo‘shini shahardan janubi-g‘arbdagi (aeroport tomon) va shimoli-sharqdagi (Donetsk — Slovyansk trassasi bo‘ylari) hududlarni egallab oldi, bu esa shahar qurshovda qolishi xavfini yuzaga keltirdi. Avdiyivka yarim qurshov holatida turgani va xavfsiz ichki hududga ega bo‘lmagani tufayli, Ukraina qurolli kuchlari uni havo hujumidan mudofaa kuchlari bilan himoyalashi juda qiyin kechmoqda.

Natijada, shahar so‘nggi oylarda RF qurolli kuchlari bombardimonchi samolyotlar qo‘llagan holda yangi taktikani sinovdan o‘tkazishi uchun asosiy poligonga aylangan. Rossiya va Ukraina manbalari (shuningdek RF mudofaa vazirligi) deyarli har kuni shahar va uning atrofida ro‘y bergan kuchli portlashlar videolarini e’lon qiladi. Bombardimonlar ommaviy vayrongarchiliklar olib keladi va mahalliy aholi evakuatsiyasini talab etadi.

Avdiyivkada yashovchi 73 yoshli Galina Dniproga evakuatsiya bo‘lish uchun tez yordam mashinasida kutmoqda. Evakuatsiya Donetsk politsiya boshqarmasi va Ukraina qutqaruv xizmati hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
 Ukraina qutqaruv xizmati xodimlari Galinani Dniproga boruvchi poyezdga chiqarishmoqda.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

«Antonov» aerodromidagi ukrainalik harbiy xizmatchilar

Keng ko‘lamli bosqinning ilk kunidanoq «Antonov» aeroporti (Kiyev atrofidagi bu aeroport 2000-yillarga qadar «Gostomel» deb atalgan) Rossiya qo‘shini uchun muhim nishonlardan biriga aylanadi. RF qo‘shini qo‘shinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Kiyevga olib kirishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun aeroportni egallashga harakat qiladi, ammo ulkan yo‘qotishlarga uchraydi va baribir qo‘yilgan maqsadga erisha olmaydi.

«Gostomel»ga hujum qurbonlaridan biri unikal An-225 «Mriya» — aviatsiya tarixidagi eng yirik yuk samolyoti bo‘lgandi. RF qurolli kuchlari 2022 yil mart oyi oxirida Kiyev oblasti shimolidan chekingach aeroportni egallash uchun boshqa harakat qilmadi, ammo hududga raketa zarbalari berishda yoki dronlar bilan hujum qilishda davom etdi. Ukrainaga havo hujumlaridan himoyalanish uchun yaqinda boshqa vositalar qatorida yengil qurollar — yukxonasiga zenit pulemyotlari o‘rnatilgan pikaplar ham topshirildi.

Kiyev yaqinidagi «Antonov» aeroportida vayron qilingan Mriya samolyoti fonida yengil zenit pulemyotlari o‘rnatilgan pikaplar fonida turgan ukrain harbiylari.
Roman Pilipey / Getty Images
Ukrainalik harbiy Ukraina armiyasi Rossiya tomoni Ukrainaning front chizig‘idan ancha ichkaridagi obektlarga zarba berishda foydalanayotgan dronlarga qarshi kurashishni mo‘ljallagan zenit pulemyotlari qanday ishlashini namoyish etmoqda.
Roman Pilipey / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlariga yetkazib berilgan pulemyotli pikaplar fonida turgan ukrainalik askar.
Roman Pilipey / Getty Images

Zaporijjya va Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari

 Rossiya qo‘shini 31 mart kuni Zaporijjya shahri bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati o‘qqa tutish oqibatida beshta xususiy uy va ikkita avtomobil garaji shikastlangani, tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan. Shuningdek, Pervomayskiy (Janubiy) qabristoni zarbaga uchragan, bu yerda portlashdan o‘ra hosil bo‘lgan.

30 mart kuni kechqurun Rossiya harbiylari Xarkivni o‘qqa tutgandi. Oblast rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, shahar bo‘ylab jami to‘qqiz raketa uchirilgan, ularning bir qismi yerga tushgan yoki havoda portlagan. Xarkivga raketalar hujumi oqibatida fuqarolik infratuzilmalari obektlari hamda xususiy uylar shikastlangan. Uch kishi yengil tan jarohati olgan.

31 martga o‘tar kechasi Xarkiv oblastidagi Izyum rayonida infratuzilma obektlariga Shahed dronlari orqali ham hujum uyushtirilgan. Tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.

Zaporijjya oblastidagi ko‘ldan rossiyaliklar raketasi qoldiqlarini olib chiqayotgan ukrainalik qutqaruvchilar
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya shahridagi Janubiy qabristonga berilgan raketa zarbasi oqibatlari.
Dmytro Smolienko / Ukrinform / Abaca / Sipa USA / Vida Press
Zaporijjyada o‘qqa tutilgan qabristonda turgan tinch aholi vakillari
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Xarkivda 30 mart kuni rossiyaliklar raketasi kelib tushgan uydagi holatni hujjatlashtirmoqda
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Oyoq va qo‘llaridan ayrilgan ukrain askarlarining tiklanish jarayoni

 

Frontda oyoq va qo‘llarini yo‘qotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar Lvivdagi «Yengilmas» reabilitatsiya markazida — bu bazada urush vaqtida jabrlangan harbiylar va tinch aholi vakillari davolanadi.
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Reabilitatsiya markazidagi patsiyent
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Tankka qarshi mina portlashi oqibatida oyog‘idan ayrilgan va yuzi kuygan 30 yoshli ukrain tankchisi Ilya Pilipenko
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo