11:02 / 05.04.2023
754

Rossiyadan qochgan «FSO» xodimi Putinning «axborot bo‘shlig‘ini» tasvirlab berdi

Rossiyadan qochgan «FSO» xodimi Putinning «axborot bo‘shlig‘ini» tasvirlab berdi
Gleb Karakulov
Rossiya prezidenti Vladimir Putin internetdan foydalanmaydi va «axborot bo‘shlig‘ida» yashaydi, dedi Rossiyadan qochib ketgan Federal qo‘riqlash xizmati («FSO») kapitani Gleb Karakulov 4 aprel, seshanba kuni chop etilgan «Dose» markaziga bergan intervyusida.
 
«U haqiqatan ham internet yoki (mobil) telefondan foydalanmaydi. Barcha ma’lumotlar faqat yaqin odamlardan olinadi. U qandaydir axborot vakuumida yashaydi», - deydi Karakulov. Shu bilan birga, Putin qayerda to‘xtasa, «Rossiya» telekanali efirda bo‘lishi kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
 
«FSO» xodimi, shuningdek, Rossiya prezidenti o‘zini izolyatsiya qilishda davom etayotganini va u bilan uchrashishdan oldin ikki haftalik karantindan o‘tish kerakligini aytdi. Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Putin «juda chekindi». «U o‘zini butun dunyodan har xil to‘siqlar, karantin, ma’lumot yetishmasligi bilan himoya qildi. Uning haqiqatni qabul qilish idroki buzilgan», dedi Karakulov.
 
2009 yildan 2022 yil oktyabr o‘rtalarigacha Gleb Karakulov prezidentning aloqa bo‘limida muhandis bo‘lib ishlagan va Rossiya davlat rahbarini maxfiy aloqa bilan ta’minlagan. U Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan va urushni qoralagan eng yuqori martabali rus maxsus xizmati xodimidir, deb yozadi «Dose». Rossiyada Karakulov qidiruvga berilgan, unga nisbatan firibgarlik uchun jinoiy ish ochilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo