389
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH, Britaniya va Kanada elchilariga qat’iy norozilik bildirdi
![Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH, Britaniya va Kanada elchilariga qat’iy norozilik bildirdi](/uploads/posts/2023-04/21315151_027031612048_1920x0_80_0_0_9e44c5807f02272eef9f4d64859f8509.jpg)
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada elchilariga sudlangan Vladimir Kara-Murza*ni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlaridan so‘ng keskin norozilik bildirdi.
“18 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Amerika diplomatik missiyasi rahbari Linn Treysiga davlatga xiyonatda ayblangan shaxsni qo‘llab-quvvatlovchi provokatsion bayonotlari va Rossiya armiyasi haqida ataylab yolg‘on ma’lumotlar tarqatngan Vladimir Kara-Murza* haqida bildirgan bayonotlari uchun nkeskin norozilik bildirildi", - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, xuddi shunday norozilik Kanada va Buyuk Britaniya elchilari Alison LeKler va Debora Bronnertlarga ham bildirildi.
Bundan tashqari, ushbu uch davlat elchilariga Rossiya hokimiyati va sudlariga bosim o‘tkazishga qaratilgan bunday ommaviy harakatlari - Rossiyaning ichki ishlariga ochiqdan-ochiq aralashish ekanligi aytilgan.
Shuningdek, ular Vashingtonning Rossiya ichida nizo qo‘zg‘ashga qaratilgan xatti-harakatlari, elchixonadan qo‘poruvchilik maqsadlarida foydalanishi qat’iy bostirishlarini ta’kidlandi.
Rossiya Tashqi qishlar vazirligi maxsus vakili Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini buzgan va o‘z maqomini suiiste’mol qilgan Amerika diplomatik missiyasi xodimlari muddatidan avval Moskvani tark etishini ham qat’iy ta’kidlab o‘tdi.
"Qo‘poruvchilik faoliyatiga aloqador bo‘lgan diplomatlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi", degan edi Zaxarova dushanba kuni xorijiy elchilarning ushbu harkatlarini izohlar ekan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxs Vladimir Kara-Murza* davlatga xiyonat qilish va Rossiya armiyasi haqida qasddan yolg‘on xabar tarqatishda ayblanib 2022 yilning aprel oyida qamog‘ga olingan edi. Sud materiallarining aksariyat qismi maxfiy, lekin matbuotda e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, Kara-Murza* Arizona, Vashington, Oslo, Lissabonda nufuzli minbarlardan turib Rossiya armiyasi haqida qasddan yolg‘on xabarlar tarqatgan.
Undan tashqari o‘zini muxoliftchi deb e’lon qilgan publitsist Morskvada 2021 yilda siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi anjuman o‘tkazgan. Uning faoliyati esa Rossiyada ta’qiqlangan tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan moliyalashtirilgan.
Moskva sudi Kara-Murzaga 25 yil qattiq rejimli koloniyada jazo o‘tash, 400 ming rubl jarima to‘lash va 7 yilga jurnalistika faoliyati bilan shug‘ullanishni ta’qiqladi. 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan sud hukmini e’lon qilish marosimiga 25 mamlakatdan 40 nafar diplomatlar tashrif buyurishdi va turli bayonotlar berishgan edi.
* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxs
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar