![Turkiya prezidenti: Suriyada ISHID yetakchisi yo‘q qilindi](/uploads/posts/2023-05/ryiqmbsnwpsplic6eckk7uqfajqjcdzg.jpg)
Foto: Anadolu agency
Turkiya razvedkasi Suriyada ISHID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu al-Husayn al-Qurayshiyni yo‘q qildi. Bu haqda 30 aprel, yakshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an TRK Turk telekanali efirida aytib o‘tdi.
Shuningdek, u o‘zining Twitter mikroblogida ISHID yetakchisining yo‘q qilinishi haqida yozgan. U yerda Erdo‘g‘an operatsiya 29 aprel kuni bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritdi, biroq o‘ldirilgan jangari nomini aytmadi.
Ayni vaqtda, Reuters agentligi Suriya razvedka idoralariga tayanib xabar berishicha, reyd Suriya shimoli-g‘arbidagi Jandaris shahrida amalga oshirilgan.
ISHIDning sobiq rahbari Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy edi. AQSH Mudofaa vazirligi 2022 yil 30 noyabrda u o‘ldirilgani haqida e’lon qildi. O‘shanda Pentagon xabarida aytilishicha, jangari Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Ozod Suriya armiyasi (OSA) tomonidan mamlakat janubida uyushtirilgan amaliyotda o‘ldirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar