![Kiyev shahriga yuqori intensivlikda havo zarbalari berilmoqda](/uploads/posts/2023-05/64534a57f2943.jpg)
Payshanbaga o‘tar kechasi Kiyevga qilingan hujumlarning intensivligi joriy yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘ldi, deb xabar qildi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko.
“Shahrimiz joriy yil boshidan buyon bunday intensiv zarbalarni hali ko‘rmagandi”, — deya Popkoning telegram-kanalidagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan Kiyev shahri ma’muriyati.
Popko ta’kidlaganidek, shaharning ba’zi hududlarida vayronalarning qulashi qayd etilgan, biroq jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning Kirovograd, Chernigov, Sumi, Xarkov, Dnepropetrovsk va Poltava viloyatlarida ham havo trevogasi e’lon qilingan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar