12:41 / 29.05.2023
274

Turkiya lirasi Erdo‘g‘anning saylovdagi g‘alabasidan keyin keskin qadrsizlandi

Turkiya lirasi Erdo‘g‘anning saylovdagi g‘alabasidan keyin keskin qadrsizlandi
Foto: Getty images
Turkiya lirasi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Erdo‘g‘an g‘alaba qozonganidan so‘ng tarixdagi eng past darajaga yaqinlashdi. Morgan Stanley tahlilchilari lira uchdan bir qismga qadrsizlanishi mumkinligini tan olyapti. Sarmoyadorlar mamlakatni yana besh yil boshqarish mandatini olgan Erdo‘g‘an o‘zining past foizli iqtisodiy siyosatiga amal qilishda davom etishidan xavotirda.
 
Turkiya lirasi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongani va yana besh yil davomida hokimiyat tepasida qolishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng rekord darajada qadrsizlandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
 
Toshkent vaqti bilan soat 10:57 holatiga ko‘ra, lira 0,38 foizga arzonlashdi va bir dollar uchun 20,0485 liraga tushdi. 26 may, juma kuni lira rekord darajada pasayib, bir dollar uchun 20,6 ga taklif qilingandi.
 
Morgan Stanley ma’lumotlariga ko‘ra, lira bir dollar uchun 29 foizga tushib, 26 lirani tashkil etishi mumkin, bu oldindan kutilganidan tezroq ro‘y berishi va 2023 yil oxiriga borib bir dollar uchun 28 liradan savdo qilinishi ehtimoli bor. Bank tahlilchilarining bu prognozi Erdo‘g‘an Markaziy bankning asosiy stavkasini past darajada ushlab turgan holda o‘z iqtisodiy siyosatiga amal qilishda davom etadi degan taxminga asoslanadi. Wells Fargo & Co tahlilchilari joriy chorak oxirigacha lira bir dollar uchun 23 liragacha arzonlashishini kutmoqda.
 
Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 52 foizdan ortiq ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya lirasi Erdo‘g‘anning saylovdagi g‘alabasidan keyin keskin qadrsizlandi
ePN