Erdo‘g‘anning 92 yoshli Qur’on ustozi vafot etdi: Prezident janozada tobutni yelkasiga oldi (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish19
Erdo‘g‘anning 92 yoshli Qur’on ustozi vafot etdi: Prezident janozada tobutni yelkasiga oldi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yoshlikdagi Qur’on ustozi Ali Kamol Hut 92 yoshida vafot etdi.
  • Marhumning janoza namozi 27 noyabr kuni Istanbuldagi Fotih masjidida o‘qildi va unda davlat rahbari hamda bir qator rasmiy shaxslar ishtirok etdi.
  • Erdo‘g‘an o‘z ustozini kamtarlik timsoli sifatida yodga olib, uning tobutini yelkasida ko‘tarib so‘nggi manzilga kuzatdi.
  • Ali Kamol Hut Istanbuldagi Amir Buxoriy xonaqohi qabristoniga dafn etildi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yoshlik yillarida Qur’on saboqlarini olgan ustozi, «Qosimpashalik Kamol afandi» nomi bilan tanilgan Ali Kamol Hut 92 yoshida vafot etdi. Davlat rahbari ustozining janoza marosimida shaxsan ishtirok etib, uning tobutini yelkasiga oldi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.

Turkiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Ali Kamol Hut 26 noyabr kuni hayotdan ko‘z yumgan. 27 noyabr kuni Istanbuldagi Fotih masjidida uning janoza namozi o‘qildi. Marosimda Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bir qator vazirlar, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.

Janoza namozini Istanbul Haseki oliy diniy ixtisoslashuv markazi o‘qituvchisi doktor Aziz Chinor o‘qidi. Namozdan keyin Istanbul viloyati muftiysi Amrulloh Tunjel marhum haqqiga duo qildi.

Marosimda so‘zga chiqqan Erdo‘g‘an ustozini bolaligidan, Qosimpashadagi Jome Kabir masjididan tanishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ali Kamol Hut keyinchalik Istanbulning Fotih tumanidagi Chorshanba mahallasiga ko‘chib o‘tgan va Amir Buxoriyda shogirdlar tarbiyalagan.

«Biz Kamol afandini juda yaxshi ko‘rardik. U kamtarlik timsoli edi. Kamtarlik borasida unga o‘xshagan insonlar juda kam bo‘lsa kerak», — dedi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘an, shuningdek, ustozi vafotidan bir hafta oldin uni ziyorat qilganini esladi. U marhum haqqiga duo qilib, yig‘ilganlardan ham ustozidan rozi bo‘lishlarini so‘radi.

Prezidentning nutqidan so‘ng Ali Kamol Hutning tobuti janoza mashinasiga olib chiqildi. Erdo‘g‘an ham tobutni yelkasiga olib, ustozini so‘nggi manzilga kuzatdi. Marhum Istanbulning Ayvonsaroy mavzesidagi Amir Buxoriy xonaqohi qabristoniga dafn etildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?