20:20 / 05.06.2023
576

AQSHda fuqarolik samolyoti halokatga uchradi, F-16 qiruvchilari uni tutishga uringan

AQSHda fuqarolik samolyoti halokatga uchradi, F-16 qiruvchilari uni tutishga uringan
Foto: Reuters
AQSHning Virjiniya shtatida Cessna samolyoti halokatga uchradi. F-16 qiruvchi samolyotlari uni tutib olishga uringan, deb yozmoqda CNN.
 
AQSH rasmiysi CNN'ga bergan izohida F-16 qiruvchilari samolyotni urib tushirmaganini, birorta layner xavfli tarzda uchayotgan bo‘lsa, Federal aviatsiya ma’muriyati qiruvchilarni chaqirishi odatiy hol ekanini aytdi. Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaa qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, samolyot uchuvchisi qiruvchilarning u bilan bog‘lanishga urinishlarini javobsiz qoldirgan.
 
F-16 larga “tovushdan yuqori tezlikda” uchishiga ruxsat berilgan, natijada Vashington hududida kuchli shovqin eshitilgan. Bundan tashqari, qiruvchi samolyotlar uchuvchining e’tiborini o‘ziga qaratish uchun chiroqlardan foydalangan.
 
Cessna 560 Citation V fuqarolik samolyoti soat 15:20 atrofida Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligining samolyotlari tomonidan qurshab olindi va oxir-oqibat Virjiniya shtatida quladi”, — deyiladi xabarda.
 
Ma’lum qilinishicha, samolyot Tennessi shtatidagi Elizabeton munitsipal aeroportidan havoga ko‘tarilgan va Nyu-Yorkdagi Long-Aylend MakArtur aeroportiga yo‘l olgan edi. FAA ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot “aholi kam yashaydigan hudud”da tog‘li yerga qulagan.
 
Bortida to‘rt kishi bo‘lgan samolyot mo‘ljallangan manzildan 315 mil uzoqlikda uchib o‘tgan. Virjiniya shtati politsiyasi qidiruv ishlari davom etayotganini aytdi.
 
Aviahalokatlar bo‘yicha so‘nggi yangiliklar
 
May oyida Shveysariyada bortida uch kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchragani xabar qilingan edi. Samolyot Neyshatel tog‘larida qulagan.
 
Ispaniyaning Saragosa shahrida F-18 qiruvchi samolyoti ko‘rgazmali o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi, uchuvchi omon qoldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda fuqarolik samolyoti halokatga uchradi, F-16 qiruvchilari uni tutishga uringan
ePN