19:57 / 30.06.2023
388

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni: “Hujum sekin ketyapti, deyishsa, achchiqlanaman”

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni: “Hujum sekin ketyapti, deyishsa, achchiqlanaman”

Foto: “president.gov.ua”

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy The Washington Post nashriga Ukrainaning qarshi hujumi kutilganidan sekinroq kechayotgani haqidagi fikrlardan achchiqlanishini aytdi.

Bu shou emas. Bu butun dunyo tomosha qiladigan, pul tikadigan shou yoki shunga o‘xshash narsa emas. Har kuni har bir metr uchun jon berilmoqda”, — dedi Zalujniy.

Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonining so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar “har kuni” olg‘a siljimoqda, “hatto atigi 500 metr bo‘lsa ham”. U agar o‘sish kuzatuvchilar istagandek tez bo‘lmasa, bu “ularning muammosi” ekanini ta’kidladi.

Zalujniy, shuningdek, tezroq harakat qilish uchun Ukraina harbiylariga G‘arbdagi ittifoqchilardan yanada ko‘proq qurol-yarog‘, shuningdek, havoda ustunlikka erishish uchun F-16 qiruvchi samolyotlari zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

So‘nggi haftalarda Amerika ommaviy axborot vositalari o‘z manbalarga tayanib, Ukraina hujumining dastlabki bosqichi hozirgacha G‘arb davlatlarining “umidlarini oqlamayotgani” haqida yozdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujum “kerakli sur’atdan sekinroq” kechayotganini tan oldi. Shu bilan birga, u va boshqa Ukraina rasmiylari yakuniy muvaffaqiyatga ishonchi komil ekanini ta’kidlamoqda.

Hujum boshlanishidan oldin G‘arb matbuotida ittifoqchilarning Ukrainani davomiy qo‘llab-quvvatlashi ko‘p jihatdan unga bog‘liq, degan fikrlar bildirildi. Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, agar hujum muvaffaqiyatli kechmasa, G‘arb qo‘llab-quvvatlash hajmini qisqartirishi va Ukrainani muzokaraga unday boshlashi mumkin.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni: “Hujum sekin ketyapti, deyishsa, achchiqlanaman”
ePN