14:43 / 02.07.2023
734

Yerni magnit bo‘ronlari qoplaydi: “xavfli” sanalar ma’lum qilindi

Illyustrativ foto: “Supermagnit.net”

Iyul oyida Yerni bir nechta magnit bo‘ronlari qoplashi kutilmoqda. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tizimlari va dunyo bo‘ylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari ma’lumotlaridan foydalangan holda onlayn prognozni amalga oshiruvchi Meteoagent xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, iyul oyi boshida kuzatiladigan magnit bo‘roni nisbatan kuchsiz bo‘ladi, biroq 8-iyulga kelib u faollashadi. Jumladan, uning xavflilik darajasi K-indeksida 4 ni tashkil qiladi.

Faollashuv 12-iyulda kuchayadi, sababi K-indeksida 5 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda, 19-iyulga qadar faollashuv 3 va 4 darajada saqlanib qoladi.

Geomagnit bo‘ronlarining darajasi:

  • 0–1 — geomagnit to‘lqinlar yo‘q;
  • 2–3 — geomagnit maydon mavjud;
  • 4–5 — geomagnit bo‘roni;
  • 6–7 — kuchli geomagnit bo‘roni;
  • 8–9 — ekstremal geomagnit bo‘roni.

Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
  • holsizlik.

Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ratsiondan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerni magnit bo‘ronlari qoplaydi: “xavfli” sanalar ma’lum qilindi
ePN