Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles
Foto: Reuters
Ukraina hududi Ukraina armiyasining o‘zi uchun ham, G‘arbdagi hamkorlari uchun “jangovar laboratoriya”ga aylandi. Bu haqida Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning qayd etishicha, ukrainaliklar va ularning g‘arbiy ittifoqchilari rus askarlariga qarshi kurashish uchun yangi qurol va texnologiyalarni sinab ko‘rishlari kerak. Uollesning so‘zlariga ko‘ra, “omon qolishga bo‘lgan xohish” ukrainaliklarni ittifoqchilar taklif qilayotgan yangi qurol va modifikasiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun tinchlik davridagi me’yor va qoidalardan voz kechishga majbur qilgan.
Shoshilinch ravishda ishlab chiqilgan va Rossiya—Ukraina urushi frontiga yuborilgan bunday eksperimental qurolga misol sifatida nashr Wolfram raketasini keltirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!