11:00 / 26.07.2023
347

Nursulton Nazarboyev davlat qo‘riqchilaridan mahrum qilinadi

Nursulton Nazarboyev davlat qo‘riqchilaridan mahrum qilinadi

Foto: “Kommersant”

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat qo‘riqchilaridan mahrum qilinadi. Tegishli farmon amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolandi.

Farmonga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati 4 avgustdan mamlakatning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev xavfsizligini ta’minlamaydi. Shu bilan birga, uning daxlsizligi saqlanib qoladi. Nazarboyevga kvartira, davlat dachasi, shaxsiy tansoqchilar, haydovchi, mashina va tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Mazkur qaror 2023 yil fevralida qabul qilingan “Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti – elboshi to‘g‘risida”gi qonunga asoslanadi. Qonun Nazarboyev va uning yaqinlarining maqomi va imtiyozlarini belgilab beradi.

Nazarboyev davlat qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilgandan keyin ham davlat himoyasidan chetda qolmaydi. U sobiq prezident sifatida davlat himoyasidan foydalanishda davom etadi.

Qozog‘iston Davlat xavfsizlik xizmati bevosita prezidentga bo‘ysunuvchi va unga hisobot beradigan maxsus davlat organi hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev davlat qo‘riqchilaridan mahrum qilinadi
ePN