
Rossiya KGB va Tashqi razvedka xizmatining sobiq xodimi Sergey Jirnov “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin o‘ldirilmasa, u Rossiyaning keyingi prezidenti bo‘lishini aytdi. Bu haqda 24Kanal xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Vagner” isyonining muvaffaqiyatsizligi arafasida yuqori martabali rossiyalik harbiylar va Prigojin o‘rtasidagi telefon aloqasi tinmagan. Prigojin o‘ziga bo‘ysunuvchi qurolli jangarilar armiyasiga, shuningdek, milliardlarga va media imperiyasiga egalik qilishi ta’kidlanadi.
Taxminlarga ko‘ra, tarmoqda “Vagner” rahbari tasvirlangan surat namoyish etilgan. Biroq sobiq razvedkachi u qalbakilashtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. “Vagner” isyonidan keyin tarqalgan Prigojin audiosi ham Moskvadagi Lefortovo tergov hibsxonasidan yozib olingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
U Rossiya elitasi Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borishi mumkinligini qayd etdi.
Rossiyada isyonga urinish yoxud Prigojin isyoni
2023 yil 23-24 iyun kunlari Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan isyon ko‘tarishga urinish bo‘ldi. Xususan, Prigojin “Adolat marshi”ni boshlaganini, uning maqsadi Moskvaga yetib borish ekanini aytdi.
Qo‘zg‘olon paytida Rostov-Don va Voronej qo‘lga olindi, bir nechta vertolyotlar va harbiy samolyotlar urib tushirilgan, oqibatda kamida o‘n nafar rus harbiysi yo‘q qilingan.
Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.
Bir necha kundan so‘ng Putin o‘z armiyasi va xavfsizlik kuchlariga isyonning oldini olgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!