Leandro Paredes FIFA tomonidan berilgan diskvalifikatsiyani tanqid qildi

Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Leandro Paredes jahon chempionati finalidan keyingi tartibsizliklar uchun FIFA Tartib-intizor qoʻmitasi tomonidan berilgan oʻn oʻyinlik diskvalifikatsiya jazosini haddan tashqari qattiq va adolatsiz deb atadi. Goal.com xabar berishicha, futbolchi bu haqda oʻzining hozirgi klubi Boka Xuniors safidagi ichki chempionat uchrashuvidan keyin matbuotga maʼlum qlumgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Eslatib oʻtamiz, Ispaniya gʻalaba qozongan va Ferran Torresning qoʻshimcha boʻlimlardagi goli hal qiluvchi boʻlgan JCh finalining yakuni janjal va tartibsizliklarga ulanib ketgan edi. Maydon markazida kelib chiqqan ziddiyatlarda faol qatnashgan Leandro Paredes eng ogʻir jazolardan biriga uchrab, oʻn ta oʻyinni oʻtkazib yuboradigan boʻldi.
Jazolar mutanosibligi va noroziliklar
Paredesning fikricha, qoʻmitaning qarorlari bir tomonlama va juda boʻrttirilgan. U oʻziga koʻksiga musht tushirgan ispaniyalik futbolchi Gaviga atigi bir oʻyinlik diskvalifikatsiya berilganini tushunarsiz holat deb atadi. Gavi oʻz jamoadohi Erik Garsiyani himoya qilish vaqtida tartibsizlikka aralashib qolgandi.Argentina safida faqat Paredesning oʻzi emas, balki Nahuel Molina ham ogʻir jazoga tortildi. U oʻyinning soʻnggi daqiqalarida Rodridlarga nisbatan iskanjali harakatlari uchun yettita oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi. Bunday keskin farqlar Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va futbolchilar oʻrtasida jiddiy noroziliklarni keltirib chiqardi.
AFA harakatlari va jarimalar
Argentina futbol assotsiatsiyasi FIFA qarorlari ustidan rasman shikoyat qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Mutaxassislar sanksiyalarni yumshatish uchun apellyatsiya berish masalasini oʻrganib chiqmoqda. Shu bilan birga, AFA turnir davomida tartib-intizor qoidalarini buzgani uchun 275 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.Ushbu qoidabuzarliklarning eng kattasi Argentina terma jamoasining Angliya ustidan qozonilgan yarimfinal gʻalabasidan keyin sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Lionel Messi, Kristian Romero, Jovani Lo Chelso va Lisandro Martines kabi asosiy futbolchilar Folklend orollari ustidan Argentina suverenitetini tasdiqlovchi bannerlarni koʻtarib chiqib, keng jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgandi.






























Izohlar 0
…