53 yoshli amerikalik ayol bir soatda 1826 marta otjimaniye qildi

AQSHlik 53 yoshli Lora A. Hant bir soat davomida 1 826 marta otjimaniye qilib, ayollar o‘rtasida ushbu yo‘nalishdagi Ginnesning jahon rekordini yangiladi.
Ginnesning rekordlar kitobi ma’lumotiga ko‘ra, Lora Hant bu natijaga 2025 yil 8 noyabr kuni AQSHning Pittsburg shahrida erishgan. U shaxsiy trener va jismoniy savodxonlik bo‘yicha pedagog sifatida faoliyat yuritadi.
Uning natijasi 2024 yilda 59 yoshli kanadalik Donnajin Uayld o‘rnatgan rekorddan ancha yuqori. Uayld bir soatda 1 575 marta otjimaniye qilgan edi.
Erkaklar o‘rtasidagi bir soatlik otjimaniye bo‘yicha rekord esa rumin sportchisi Pop Laurensiuga tegishli bo‘lib, u 2023 yil 30 iyun kuni 3 378 marta otjimaniye qilgan.
Lora Hant o‘z rekordi orqali farzandlari, o‘quvchilari va boshqalarga qiyin vazifalardan qo‘rqmaslik va mashaqqatli maqsadlarga intilish muhimligini ko‘rsatishni istaganini bildirgan.






























Izohlar 0
…