Maktabga muntazam kelgan o‘quvchilarga pul beriladi

Maktabga muntazam kelgan o‘quvchilarga pul beriladi

AQSHning Detroyt shahrida o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishini rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy dastur davom ettiriladi va kengaytiriladi.

"Perfect Attendance Pays” dasturiga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchilari ketma-ket besh kun davomida barcha darslarda qatnashsa, 100 dollarlik elektron Visa kartasi oladi. Qishki 10 ta davrning barchasini to‘liq bajargan o‘quvchi jami 1 ming dollargacha mukofot olishi mumkin.

Dastur avvalgi o‘quv yilida sezilarli natija ko‘rsatgan. 2026 yil yanvar-mart oylarida Detroyt davlat maktablaridagi qariyb 12 800 nafar yuqori sinf o‘quvchisi kamida bir marta 100 dollarlik mukofotga ega bo‘lgan. Bu yuqori sinf o‘quvchilarining qariyb 84 foizini tashkil etadi. Shu davrda ular orasidagi surunkali davomat muammosi 64 foizdan 54 foizgacha kamaygan.

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab dastur 6–8-sinf o‘quvchilariga ham tatbiq etiladi. Ular ketma-ket besh kun davomida barcha darslarda qatnashgani uchun 50 dollarlik mukofot olishi mumkin.

Dastur asosan yanvar-mart oylarida amalga oshiriladi. Chunki qishki ob-havo va mavsumiy kasalliklar sabab bu davrda maktablardagi davomat odatda pasayadi.

Shartlar esa qat’iy: o‘quvchi besh kunlik davrda barcha darslarda qatnashishi kerak. Biror darsni qoldirish mukofotdan mahrum bo‘lishga olib keladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar