Kiyevning harbiy resurs zaxiralari deyarli tamom bo‘lgan. G‘arb mamlakatlari har tomonlama yordam ko‘rsatayotganiga qaramay, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) natijalarga erisha olmayapti. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva anjumanida ma’lum qildi.
“G‘arbning har tomonlama yordamiga qaramay, UQK natijalarga erisha olmayapti. Haddan ziyod maqtalgan strategik qarshi hujum bunga misol. Jangovar harakatlarning dastlabki natijalari Ukrainaning harbiy resursi deyarli tugaganini ko‘rsatmoqda”, - dedi Shoygu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Kiyevga yordam berish shiori ostida dunyodagi hamkorlarining qurol-yarog‘ omborlarini bo‘shatmoqda, bu bilan o‘zining mudofaa-sanoanti majmuasi mahsulotlarini sotish uchun yo‘l ochmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!