Alina Kabayeva “tanib bo‘lmas” ko‘rinishga kelganining sababi aytildi

1 daqiqa o'qish919
Alina Kabayeva “tanib bo‘lmas” ko‘rinishga kelganining sababi aytildi

Foto: Videodan kadr

Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni, hozirda Rossiyaning “Natsionalnaya media gruppa” xoldingi rahbari Alina Kabayeva “tanib bo‘lmas” ko‘rinishga kelgani xabar qilingandi. Plastik jarroh Dmitriy Slosser Kabayevaning yuz qiyofasidagi sezilarli o‘zgarishlar sababini aytdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, gimnastikachi gialuron kislotasi yordamida tashqi ko‘rinishini yaxshilashga harakat qilgan.

“Kabayeva, menimcha, ineksiyali operatsiyani o‘tkazgan, u gialuron kislotasidan foydalanadi”, — dedi Slosser.

Jarrohning ta’kidlashicha, Kabayevaning yuzi yumaloqroq bo‘lgan. Ammo u yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni to‘xtatishga harakat qilgan, natijada “go‘zallik ukoli”ni ko‘paytirib yuborgan.

“U keng suyak va yuzli odamlarning genetikasiga ega, shuning uchun yoshga bog‘liq ba’zi o‘zgarishlar kuzatilgan. Afsuski, barchamiz 13 yoshda bo‘lganimizday qolib ketmaymiz. Suyak va boshqa to‘qimalarning tuzilishida o‘zgarishlar bo‘ladi. Shu sababdan bularning fonida bir oz (taxminan yarim kilogramm) gialuron kislotasi qo‘shsangiz, siz oy yuzli go‘zallikka ega bo‘lasiz”, — dedi u.

Shuningdek, Slosser Kabayeva plastik jarrohlik qilmasdan qarishni to‘xtatishga harakat qilgani, u jarroh tig‘isiz, “go‘zallik ukoli”ni olganini aytdi.

“U minimal invaziv operatsiyalarni, jumladan, mutlaqo zararsiz turli iplar, ukollardan foydalanadi. Yana bir masala shundaki, ular unchalik samarali emas va bir qator salbiy ta’sirlarga ega”, — deya xulosa qildi plastik jarroh.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?