Burun shakli shaxsiyatingiz haqida nimani oshkor qiladi?

Burun shakli shaxsiyatingiz haqida nimani oshkor qiladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Isroildagi Ben-Gurion universiteti olimlari olib borgan tadqiqotlarga ko'ra, inson burnining shakli uning xarakteri va shaxsiy xususiyatlari haqida ma'lum tasavvur berishi mumkin.
  • Nubiya burniga ega insonlar ijodkor va optimistik bo'lsa, yunon burni egalari yopiqroq va sodiq hisoblanadi.
  • Ilmoqsimon burun egalari maqsad sari intiluvchan, orli burun egalari esa qat'iyatli va karyeraga intiluvchan bo'ladi.

Burun — inson tanasidagi eng oddiy va tanish a’zolardan biri. Biroq har bir insonning burni shakli, ko‘rinishi va tuzilishi jihatidan o‘ziga xos bo‘ladi. Ayrim odamlar burnining shaklini yoqtirmagani uchun plastik jarrohlik orqali uni o‘zlari istagan ko‘rinishga keltirishga harakat qiladi. Bugungi kunda plastik jarrohlar yordamida bunday o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoni mavjud.

Boshqalar esa burnining qanday ko‘rinishda ekaniga unchalik ahamiyat bermaydi. Ular uchun asosiysi — bu a’zoning o‘z vazifasini to‘g‘ri va samarali bajarishi.

Shunga qaramay, bir qarashda g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin bo‘lgan bir fikr bor. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, inson burnining shakli uning xarakteri va shaxsiy xususiyatlari haqida ma’lum tasavvur berishi mumkin.

Bu fikr Isroildagi Ben-Gurion universiteti olimlari olib borgan tadqiqotlar bilan bog‘liq. Tadqiqot natijalari yaqinda e’lon qilingan bo‘lib, unda qiziqarli va e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.

Quyida burningiz qaysi turga mos kelishini aniqlab, ushbu ta’riflar xarakteringizga qanchalik yaqin ekanini solishtirishingiz mumkin.

1. Nubiya burni

Bunday burin shakliga ega insonlar, tadqiqotdagi ta’riflarga ko‘ra, ijodkor va qiziqarli shaxslar hisoblanadi. Ular odatda optimistik fikrlaydi, dunyoqarashi keng va yangi g‘oyalarga ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, ular muloqotga kirishuvchan bo‘lib, atrofida ko‘pincha qiziqarli va turli xil do‘stlar davrasi shakllanadi.

2. Yunon burni

Yunoncha buringa ega odamlar nisbatan yopiqroq xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ular ba’zi hollarda o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifodalashda qiynaladi va diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmaydi.

Bunday insonlar sodiqligi bilan ajralib turadi. Ularga qiyin vaziyatlarda ham ishonish mumkin. Shu bilan birga, hayotga qarashi ancha pragmatik bo‘ladi.

3. Ilmoqsimon burin

Bu turdagi burin o‘rta qismida yengil bo‘rtiq yoki qayrilgan shakl bilan ajralib turadi.

Bunday buringa ega insonlar juda maqsadli va o‘z orzulariga erishishga qat’iyat bilan intiladi. Ular o‘z maqsadlariga jiddiy yondashadi va belgilangan yo‘ldan osonlikcha qaytmaydi.

Shuningdek, ularning o‘z qarashlari, kuchli e’tiqodi va tamoyillari bo‘ladi. Zarur holatda ular ushbu prinsiplarini har qanday vaziyatda himoya qilishga tayyor.

4. Orli burni

Orli shaklidagi buringa ega insonlar odatda qat’iyatli va tartibli bo‘lishi bilan ta’riflanadi.

Ular ko‘pincha o‘z karyerasi, kasbiy o‘sishi va professional muvaffaqiyati haqida o‘ylaydi. Ko‘p hollarda ish va karyera ular uchun boshqa masalalardan ustun qo‘yiladi.

Bunday odamlar aqlli, maqsad sari intilishdan to‘xtamaydigan va xohlagan narsasiga erishmaguncha taslim bo‘lmaydigan shaxslar sifatida ta’riflanadi. Bu xususiyat ularning ham ish, ham shaxsiy hayotida namoyon bo‘lishi mumkin.

5. Tepaga qayrilgan burin

Burni yuqoriga qaragan insonlar ko‘pincha quvnoq, g‘ayratli, impulsiv va spontan qarorlar qabul qiladigan shaxslar sifatida tasvirlanadi.

Ularning jonli va faol xarakteri ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. Shu sababli bunday insonlar atrofida ularga qiziquvchi odamlar ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ularda qaror qabul qilishda yo‘l ko‘rsatib turadigan kuchli ichki intuitsiya bo‘lishi ta’kidlanadi.

6. Oddiy burin

Oddiy shakldagi buringa ega insonlar kuchli xarakter va o‘ziga ishonch bilan ajralib turadi.

Ular qanday vaziyatga tushmasin, o‘zligini saqlab qolishga harakat qiladi. Bunday odamlar o‘z kuchiga va qobiliyatlariga ishonadi.

Shu sababli ularni fikridan qaytarish yoki osonlikcha ta’sir ostiga olish har doim ham oson emas.

7. Rimcha burin

Rimcha buringa ega insonlar juda ta’sirchan va hissiy dunyosi boy odamlar sifatida ta’riflanadi.

Ular boshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunadi, empatiyasi yuqori bo‘ladi va atrofidagi insonlarga yordam berishga doimo tayyor turadi.

Biroq aynan shu xususiyati tufayli ular ba’zan o‘z ehtiyojlari va manfaatlarini unutib, boshqalar haqida ko‘proq qayg‘urib qo‘yishi mumkin.

8. Biroz egilgan burun

Qiyshiq shakldagi buringa ega insonlar barqaror va sodiq shaxslar sifatida ta’riflanadi.

Ular boshqalarni diqqat bilan tinglashni biladi va amaliy fikrlashga moyil bo‘ladi. Bunday odamlarga turli vaziyatlarda ishonish mumkin, chunki ular va’dasiga sodiq qolishga harakat qiladi.

Shunday qilib, burningiz qaysi shaklga mos kelishini oyna oldida tekshirib ko‘ring. Balki yuqoridagi ta’riflardan biri sizdagi xarakter xususiyatlarini hayratlanarli darajada aniq tasvirlab bergandir.

Albatta, inson shaxsiyatini faqat tashqi ko‘rinishga qarab aniqlash ilmiy jihatdan to‘liq tasdiqlangan qoida emas. Shuning uchun bu ma’lumotlarni qiziqarli kuzatuv va ko‘ngilochar test sifatida qabul qilish mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar