date
views 1 857

Shimoliy Koreya mudofaa vaziri keskin bayonot berdi

Shimoliy Koreya mudofaa vaziri keskin bayonot berdi

Rasmiy Pxenyan Koreya yarim orolida yadro urushi muqarrarligiga ishonchi komil. Bu haqda KXDR mudofaa vaziri Kan Sun Nam Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha  Moskva konferensiyasida ma’lum qilgan.

«Koreya yarim orolidagi yadroviy urush endi bu bo‘ladimi yoki yo‘qmi degan savol emas, balki uni kim va qachon boshlashi asosiy masaladir. Qo‘shma Shtatlar va Koreya Respublikasidagi qo‘g‘irchoqlarning yadro urushi istagi Koreya yarim oroli va Shimoliy-Sharqiy Osiyoni yadro urushining yangi o‘chog‘iga aylantirmoqda», — dedi u.

Avvalroq, 13 iyul kuni namoyish etilgan «Xvason-18» qattiq yoqilg‘i qit’alararo ballistik raketasi KXDRga qarshi yadroviy tajovuzni to‘xtatishning ishonchli vositasi bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Iyun oxirida Shimoliy Koreyada AQSHni «yo‘q qilishga» chaqiruvchi ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tgandi. Unda 120 mingdan oshiq kishi qatnashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya mudofaa vaziri keskin bayonot berdi