date
views 256

Kongress Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha surishtiruv boshladi

Kongress Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha surishtiruv boshladi

Kevin Makkarti Foto: SCANPIX/AP

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri respublikachi Kevin Makkarti Vakillar palatasi qo‘mitalariga AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenga qarshi impichment jarayoni doirasida surishtiruv boshlashni topshirdi, deb xabar beradi AFP 12 sentyabr, seshanba kuni.

Topshiriq prezidentning o‘g‘li Xanter Bayden biznesi bilan bog‘liq. Makkarti so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden o‘g‘lining xorijdagi biznes faoliyati haqida bilmasligi haqida jamoatchilikka «yolg‘on gapirgan». «Palatadagi respublikachilar prezident Baydenning xatti-harakati haqida jiddiy va ishonchli ayblovlarni fosh qildi. Bu ayblovlar umumiy korrupsiya madaniyatini tasvirlaydi», - dedi Makkarti.

Respublikachilar yetakchisi Baydenga nisbatan surishtiruv rasmiy boshlanishini Vakillar palatasiga «barcha faktlar va javoblarni» to‘plash imkonini beradigan «keyingi mantiqiy qadam» deb atadi.

Oq uy surishtiruvni «ekstremal siyosat» deb atadi

Baydenga nisbatan surishtiruv boshlangani e’lon qilingach, Oq uy bu «eng yomon holatdagi ekstremal siyosat» ekanligini va respublikachilarda protsedurani boshlash uchun zarur dalillar yo‘qligini bildirdi.

Respublikachilar Xanter Baydenni otasining o‘tmishda prezident Barak Obama davrida vitse-prezidentlik lavozimidan Ukraina va Xitoyda biznes yuritishda foydalanganlikda aybladi. Shu bilan birga, Axios portalining qayd etishicha, Makkarti Baydenga nisbatan ehtimoliy impichmentni tasdiqlash uchun quyi palatadagi 218 nafar qonun chiqaruvchining qo‘llab-quvvatlashiga erisha oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Senatdagi ba’zi respublikachilar allaqachon kongressmenlar tomonidan taqdim etilgan dalillarni buning uchun yetarli deb hisoblamasligini aytgan, deya ta’kidlaydi Axios.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kongress Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha surishtiruv boshladi