date
views 385

Ukraina G‘arbdan Su-35 bilan raqobatlasha oladigan qiruvchilarni so‘radi

Ukraina G‘arbdan Su-35 bilan raqobatlasha oladigan qiruvchilarni so‘radi

Foto: “TASS”

Ukraina G‘arb davlatlaridan Rossiyaning Su-35 samolyotlaridan kam bo‘lmagan yangi modifikatsiyadagi qiruvchilarni olmoqchi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari vakili Yuriy Ignat ma’lum qildi.

Bizning havodagi asosiy raqobatchimiz Su-35. Hamkorlarimizdan olmoqchi bo‘lgan samolyot taktik-texnik xususiyatlari va qurollanishi jihatidan undan kam bo‘lmasligi kerak”, — dedi Ignat.

Uning tushuntirishicha, Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari va yaqinda Ukrainaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Gripen shved qiruvchilari modifikatsiyasiga qarab har xil xususiyatlarga ega.

Har xil Gripen'lar, har xil F-16 lar bor. Albatta, biz eskilarini emas, balki rus samolyotlariga qarshi teng sharoitlarda kurashish imkonini beradigan yaxshi modifikatsiyalarni olishni istardik”, — dedi Ukraina harbiy-havo kuchlari vakili.

Ma’lumot uchun Su-35 (NATO kodifikatsiyasiga ko‘ra: Flanker-E+) 4++ avlodidagi ko‘p funksiyali rus qiruvchisi. Samolyot 2011 yildan beri Yu.A. Gagarin nomidagi Komsomolsk-na-Amur aviatsiya zavodida ommaviy ishlab chiqarilmoqda. 2017 yilda Qurolli kuchlar xizmatiga qabul qilingan.

Qiruvchi samolyot “AL-41F1S” turboreaktiv dvigateli bilan jihozlangan va 2500 km/soat tezlikka chiqa oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina G‘arbdan Su-35 bilan raqobatlasha oladigan qiruvchilarni so‘radi