Arxiv foto: Stringer
AQSHni fashistik mafkura tarafdorlari boshqaradi. Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp “Amerikaning yetakchi ayollari” tadbirida shunday fikr bildirdi. Bu holat o‘zgaradimi yoki yo‘q, bo‘lajak saylovlar ko‘rsatadi, dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilarning qo‘llab-quvvatlovi bilan u “AQSH tarixidagi eng korrupsion prezident” Jo Baydenni mag‘lub eta oladi. Shunda Amerika xalqi hokimiyat tepasida turgan “marksistik, fashistik va kommunistik zolimlardan” qutuladi.
The Wall Streyet Journal nashriga ko‘ra, 2023 yil sentyabr oyi boshida respublikachi saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar saylovchilarning 59 foizi praymerizda Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ko‘rsatadi.
Respondentlarning 60 foizdan ortig‘i sobiq prezidentga 2020 yilgi Jorjiya saylovlari natijalariga aralashish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy va asossiz, deb hisoblaydi.
Tramp 2017—2021 yillarda prezidentlik qilgan. U 2020 yilgi saylovda demokrat Jo Baydenga yutqazdi. Bayden ham 2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etish niyatida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!