AQSHda namoyishchilar Kongress binolaridan biriga bostirib kirdi

1 daqiqa o'qish703
AQSHda namoyishchilar Kongress binolaridan biriga bostirib kirdi

Foto: REUTERS/Jonathan Ernst

18 oktyabr, chorshanba kuni Vashingtondagi Kapitoliy tepaligida AQSH Kongressi binolaridan biri bo‘lgan Kennon binosiga kamida yuz nafar namoyishchi kirdi. Namoyishchilar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Ular politsiya talabiga qaramay binolarni tark etishdan bosh tortdi va natijada namoyish qo‘lga olish bilan yakunlandi.

Falastin uchun namoyishni «Tinchlik uchun yahudiy ovozi» tashkiloti o‘tkazdi: uning a’zolari o‘zlarini antisionist-yahudiylar deb ataydi. Kennon binosidagi namoyishchilar «Bizning nomimizdan emas» va «Yahudiylar hozir o‘t ochishni talab qilmoqda» deb yozilgan futbolkalarni kiyib oldi.

Politsiyaning xabar qilishicha, qo‘lga olingan uch nafar faol politsiyachiga hujum qilganlikda ayblangan. BBC muxbiriga ko‘ra, politsiya bir necha o‘nlab namoyishchilarni qo‘lga olgan.

Vaziyatning keskinlashishi

HAMAS 7 oktyabr kuni Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Shundan so‘ng Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) G‘azo sektorida HAMASga qarshi javob qaytara boshladi.

Keyingi haftada «Hizbulloh» Livan janubidan Isroilni o‘qqa tuta boshladi. Bundan tashqari, HAMASning Isroilga hujumi Eron rasmiylari tomonidan ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlandi. Tehron Isroilni G‘azo sektoriga hujumlarni davom ettirsa, «jiddiy oqibatlar» haqida ogohlantirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?