date
views 486

David Araxamiya: Rossiya Ukrainaga NATOga rad javobi evaziga tinchlik va’da qilgan

David Araxamiya: Rossiya Ukrainaga NATOga rad javobi evaziga tinchlik va’da qilgan
Foto: AR

Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga boshchilik qilgan Oliy radadagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya 2022 yil bahorida Rossiya delegatsiyasi Ukraina betaraflikni qabul qilib, NATOga qo‘shilishdan bosh tortsa, urushni tugatishni taklif qilganini aytdi.

«Ular deyarli oxirigacha umid qilishgan ediki, biz betaraflikni bo‘ynimizga olishimiz uchun shunday kelishuvni imzolashimizni kutishdi. Bu ular uchun eng katta narsa edi. Agar qachonlardir Finlandiya qilgani kabi betaraflikni yoqlab chiqsak va NATOga qo‘shilmaslik haqida majburiyat olsak, ular urushni tugatishga tayyor edi. Aslida, bu asosiy masala edi», dedi Araxamiya 24 noyabr, juma kuni YouTube-kanalida e’lon qilingan «1+1» telekanali jurnalisti Natalya Moseychuk bilan suhbatda.

Kiyevning kelishuvdan bosh tortishi sabablari

Araxamiyaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni bu taklifni ikki sababga ko‘ra qabul qilmagan. Birinchidan, buning uchun Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi yozib qo‘yilgan konstitutsiyani o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, Rossiya tomoni kelishuvni bajarishiga ishonchsizlik bor edi. «Buni faqat xavfsizlik kafolatlari bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi, biz biror narsaga imzo cheka olmasdik, keta olmasdik, hamma narsa o‘sha yerda tugagan bo‘lardi, keyin esa ular ko‘proq tayyorgarlik ko‘rishgan bo‘lardi, chunki ular, aslida, bunday qarshilikka tayyor emas edi», - dedi siyosatchi.

Bundan tashqari, Kiyevning qaroriga Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson ta’sir ko‘rsatdi, deya qo‘shimcha qildi Araxamiya. «Istanbuldan qaytgach, Boris Jonson Kiyevga keldi va ular bilan umuman hech narsa imzolamasligimiz kerakligini aytdi», dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » David Araxamiya: Rossiya Ukrainaga NATOga rad javobi evaziga tinchlik va’da qilgan