Foto: Ariana News
Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub Mujohid mamlakatda “masjidlar, namozxonlar, diniy maktablar”ga qilingan hujumlarda chet el fuqarolari, xususan, Tojikiston fuqarolari ishtirok etganini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Mujohidga ko‘ra, o‘tgan 12 oy davomida “Tolibon” o‘nlab Tojikiston fuqarolarini o‘ldirgan, yana yuzlab fuqarolar turli ayblovlar bilan hibsga olingan. Biroq u o‘ldirilgan va hibsga olinganlarning aniq sonini, shuningdek, ularning shaxsini ma’lum qilmagan.
Shuningdek, Mujohid Afg‘onistondagi ko‘plab teraktlarni uyushtirishda Pokiston fuqarolari ham ishtirok etganini aytdi.
“Kuchlarimiz amaliyotida 20 dan ortiq pokistonlik halok bo‘ldi, yana yuzlab odamlar qo‘lga olindi”, — dedi u.
Shu munosabat bilan u mintaqa davlatlaridan “quruqlik va havo chegaralarini jiddiy nazorat qilishni” so‘radi. Hozircha Tojikiston rasmiylari mazkur bayonotiga javob bermagan.
2023 yil aprel oyida Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Afg‘onistondan kelgan jangovar guruhlar tomonidan chegarani kesib o‘tishga urinish haqida xabar bergandi.
2023 yil sentyabr oyida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Tojikiston hududida Davlat mustaqilligi kuni arafasida terrorchilik harakatlari sodir etishni istagan “Jamoat Ansorulloh” terrorchilik guruhining uch nafar a’zosi zararsizlantirilganini yana bir bor e’lon qildi.
“Ansorulloh” guruhi Tojikistonda terrorchi sifatida tan olingan, Afg‘onistonda faoliyat yuritadi va asosan Tojikiston fuqarolaridan iborat.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi