06:00 / 07.01.2024
81

Jozep Borrel: G‘azo sektorida sulh o‘rnatish uchun tezkor choralar ko‘rish zarur

Jozep Borrel: G‘azo sektorida sulh o‘rnatish uchun tezkor choralar ko‘rish zarur
Foto: Google Images
Xalqaro hamjamiyat G‘azo sektoridagi Falastin aholisining azob-uqubatlariga barham berish uchun samarali choralar ko‘rishi kerak. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Bayrutdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
 
“G‘azo sektorida doimiy sulh o‘rnatish uchun zudlik bilan chora ko‘rish zarur", — dedi u.
 
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish uchun Livanga kelgan.
 
Avvalroq Jozep Borrel halok bo‘lish xavfi borlarga gumanitar yordam berishni ma’nosiz deb atagandi.
 
“Biz tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishimiz kerak. Buning uchun esa insonparvarlik yordami hajmini oshirishimiz lozim. Lekin ertasi kuni halok bo‘ladigan odamga ovqat berishning ma’nosi yo‘q. Bombardimonlarni to‘xtatib, ko‘proq o‘limlarning oldini olishimiz kerak. Insonparvarlik yordami zarur, ammo bu yetarli emas”, — degandi u Barselonadagi O‘rta Yer dengizi forumi ittifoqi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo