date
views 125

Daniya taxtiga yangi qirol o‘tirdi

Daniya taxtiga yangi qirol o‘tirdi

Daniya qirolichasi Margrete II bugun, 14 yanvar kuni to‘ng‘ich o‘g‘li 55 yoshli Frederik foydasiga taxtdan voz kechish to‘g‘risida imzo chekdi.

Marosim Kopengagenda Davlat kengashi a’zolari – monarx raisligidagi vazirlar yig‘ilishi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Taxtdan voz kechish to‘g‘risidagi imzo mamlakatda hokimiyatning ona qirolichadan o‘g‘ilga – yangi qirol Frederik X ga o‘tishini anglatishiga qaramay, Bosh vazir Mette Frederiksen bu haqda Kopengagendagi Kristiansborg saroyi balkonida biroz muddatdan so‘ng e’lon qiladi.

Daniya politsiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, hokimiyatning almashinuv marosimini nishonlash uchun Kopengagenda 100 mingga yaqin odam yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning ilk kunida 83 yoshli Daniya qirolichasi Margrete II 2024 yil 14 yanvarda taxtdan voz kechishini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniya taxtiga yangi qirol o‘tirdi
-->