Foto: AFP
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Irakliy Kobaxidzeni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda prezident administratsiyasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
8 fevral kungi parlamentdagi 84 nafar deputat Kobaxidzening Gruziya bosh vaziri lavozimiga ishonch votumini yoqladi, 10 nafar deputat qarshi chiqdi. Ovoz berishda muxolifat ishtirok etmadi.
Yangi hukumat tarkibida faqat Gruziya mudofaa vaziri o‘zgardi. U parlamentning sobiq vitse-spikeri Irakliy Chikovani bo‘ldi.
“Men ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorman va uni oqlayman”, — dedi Kobaxidze ovoz berishdan keyin.
“Stixiyaga qarshi kurashga to‘sqinlik qilmaslik maqsadida o‘z vaqtida tegishli aktlar rasmiylashtirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Gruziya prezidenti matbuot xizmati.
So‘nggi kunlarda Gruziyada kuchli yomg‘ir va qor yog‘di, yomon ob-havo tufayli bir qator hududlarda ko‘chkilar sodir bo‘ldi. Gruziya temiryo‘li shaharlararo poyezdlar harakatini to‘xtatdi, u faqat 8 fevral kuni ertalab tiklandi.
29 yanvar kuni Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvili iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi.
U hukmron “Gruziya orzusi – demokratik Gruziya” partiyasini boshqarish niyatida. Garibashvilining ta’kidlashicha, u “mamlakat va xalq manfaatlarini murosasiz himoya qilgan” va bosh vazir sifatidagi faoliyati natijalaridan faxrlanadi.
O‘sha kuni Imedi va Rustavi2 telekanallari manbalari Garibashvili “Gruziya orzusi” yetakchisi Kobaxidze bilan o‘rnini almashtirmoqchi bo‘lganini xabar qildi.
Gruziya parlamentida 150 o‘rinning 75 tasi “Xalq kuchi” bilan koalitsiyada hukumatni tuzgan “Gruziya orzusi”ga tegishli. Amaldagi parlamentning vakolatlari 2024 yilning kuzida tugaydi. 45 yoshli Kobaxidze 2012 yilning kuzidan beri Gruziyada hokimiyat tepasida turgan “Gruziya orzusi” partiyasidan yettinchi bosh vazir bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?