Foto: Reuters
19 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov viloyatining Kupyansk hududidagi front mudofaa pozitsiyalariga tashrif buyurdi va jang maydonidagi vaziyat bilan tanishdi. Bu haqda Ukraina nashrlari tarqatgan xabarlarga asoslanib, CNN xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Ukraina rahbari Kupyanskda hududni himoya qilayotgan 14-alohida mexanizatsiyalashtirilgan brigada komandiri podpolkovnik Oleksiy Trubnikov bilan uchrashgan. Uchrashuvda front chizig‘idagi operativ vaziyat, qo‘shni bo‘linmalar bilan o‘zaro aloqalar, dronlardan foydalanish tajribasi, Rossiyaning uchuvchisiz uchish apparatlari hamda elektron urush tizimlariga qarshi kurashish bo‘yicha tafsilotlar muhokama qilingan.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, qo‘shinlardagi texnika holati, o‘q-dori va boshqa shoshilinch ehtiyojlar bo‘yicha vaziyat haqida generallardan ma’lumot so‘ragan. Suhbat so‘ngida Zelenskiy askarlarga Ukrainani himoya qilayotganlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Rossiya ayni damda Ukraina harbiylariga boy berilgan hududlarni qaytarib olish uchun Kupyansk tomon intilmoqda. Kupyansk shahri va Xarkov viloyatining sharqiy zonalari 2022 yil fevralidan 2022 yil sentyabriga qadar Rossiya kuchlari tomonidan ishg‘ol qilingan. Keyinchalik Ukraina harbiylari qarshi hujum uyushtirib, hududni qaytarib olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi