Toshkentda 4-qavatdan tushib ketgan o‘quvchi vafot etdi

Toshkentda 4-qavatdan tushib ketgan o‘quvchi vafot etdi

Toshkentdagi maktab-internat yotoqxonasining to‘rtinchi qavatidan tushib ketib, og‘ir jarohat olgan o‘quvchi 10 kunlik davolanishdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Sh.J. ismli o‘quvchi 10 kun avval yotoqxonaning to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan. Og‘ir jarohat olgan o‘quvchi shifoxonaga yotqizilib, davolangan. Biroq 15 sentyabr kuni u vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchi matematika va ilmiy yo‘nalishdagi respublika hamda xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan.

Xususan, joriy yilda Olmaota shahrida o‘tkazilgan yosh tadqiqotchilar xalqaro turnirida u ishtirok etgan jamoa birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, o‘quvchi Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika matematika turnirida ham sovrinli o‘rinlardan birini egallagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar