Foto: CNBS
Manxetten sudida Nyu-York prokurorlari yapon mafiyasi a’zosi Takeshi Ebisavani yadroviy materiallar savdosiga aloqadorlikda aybladi. Bu haqda CNBS xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 60 yoshli Takeshi Ebisava yadroviy bomba yaratish uchun Eronga uran va plutoniyni bilvosita sotishga uringan. Prokurorlar Ebisava va uning sheriklari Tailanddagi yadroviy materiallar namunalarini AQSH Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxfiy agentiga ko‘rsatganini aytmoqda.
“Tailand hukumati yordami bilan yadro qurollari namunalari musodara qilindi va keyinchalik AQSH huquq-tartibot idoralari nazoratiga o‘tkazildi. Yadroviy sud-tibbiyot laboratoriyasi namunalarni tahlil qilib, ularda uran va qurol-yarog‘ yaratish darajasida plutoniy borligini tasdiqladi”, — deydi prokuratura.
2022 yil aprel oyida Ebisava va yana bir ayblanuvchi, 61 yoshli Tailand fuqarosi Sompxop Singxasiri xalqaro giyohvand moddalar savdosi va qurol-yarog‘ savdosida ayblangan. Ebisava geroin va metamfetamin evaziga AQSHdan Myanmadagi etnik jangarilarga qurol yuborishga uringani aytilmoqda.
U AQSHda giyohvand moddalar savdosi, pul yuvish va yer-havo sinfidagi raketalarni sotib olishda ham ayblangan. Ebisava 2020 yil sentyabr oyida kon kompaniyasi nomidan AQSH narkotiklarga qarshi kurash maxfiy agentiga elektron pochta orqali 50 tonna uran va toriyni 6,85 million dollarga sotishni taklif qilgan.
“Bugungi ayblov xulosasida aytilgan xatti-harakatlarning jiddiyligini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi”, — deydi prokuror Uilyams. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?