145
AQSHda daromadga nisbatan ovqatlanish xarajatlarining ulushi 30 yil ichidagi eng yuqori nuqtaga yetdi
Foto: Aaron Chown/PA
Oxirgi marta amerikaliklar oziq-ovqat uchun hozirgidek ko‘p pul sarflaganlarida prezidentlik lavozimida Jorj Bush o‘tirgan, kinoteatrlarda esa “Terminator 2” filmi namoyish etilardi, deya yozadi Wall Street Journal.
Nashrning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlarda 2022 va 2023 yillar davomida kuzatilgan yuqori inflyatsiya pasayganiga qaramay, ovqatlanish xarajatlari oshishda davom etyapti. Restoranlar va boshqa ovqatlanish joylaridagi narxlar o‘tgan oyda 2023 yil yanvariga nisbatan 5,1 foizga qimmatlashgan. Oziq-ovqat do‘konlaridagi narxlar shu davr mobaynida 1,2 foizga oshgan.
Mutaxassislarga ko‘ra, vaziyat yaqin orada o‘nglanishi dargumon. Restoran va oziq-ovqat kompaniyalari rahbarlari oshib borayotgan mehnat xarajatlari va qimmatlashib borayotgan ba’zi ingidiyentlar, masalan, kakao bilan bog‘liq holatni yumshatishga harakat qilyapti.
“Agar siz tarixdagi inflyatsiya davrlariga qarasangiz, narxlar qaytadan pasayishini ko‘rsatadigan hech qanday ishora yo‘q", deya ta’kidlagan yengil taomlar ishlab chiqaruvchi Kellanova kompaniyasi bosh direktori Stiv Keyleyn.
AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1991 yilda amerikaliklar daromadlarining 11,4 foizini oziq-ovqat uchun sarflashgan. Oradan uchta dekada o‘tib, oziq-ovqatga bo‘lgan sarf-xarajat o‘sha darajaga qaytdi. Xususan, AQSH QXVning so‘nggi ma’lumotlari bo‘yicha, 2022 yilda iste’molchilar daromadlarining 11,3 foizi oziq-ovqatga ketgan.
Bir martalik daromadda oziq-ovqat xarajatlarining ulushi
Denny's, Wendy's va boshqa restoran tarmoqlari o‘zlarining investorlariga 2023 yilda mijozlar soni 2022 yil darajasiga qaraganda kamayganini aytishgan, ayniqsa kam daromadli iste’molchilar moliyaviy muammolarga duch kelgan. Yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar, jumladan Hershey va Kraft Heinz mahsulot narxlari ko‘tarilgani sababli sotuv hajmi pasayganini ma’lum qilgan.
Kakao narxlarining oshishi 46 yillik rekordni yangilagan bir paytda, Oreo shirinliklari ishlab chiqaruvchi Mondelez kompaniyasi yil davomida ba’zi mahsulotlarining narxini oshirishda davom etishini ma’lum qilgan.
Investorlarning ham oziq-ovqat tarmoqlariga tegishli aksiyalarga qiziqishi sovigan. S&P 500'ning restoran biznesi aksiyalari indeksi oxirgi 12 oyda 10 foiz o‘sgan. Taqqoslash uchun, mazkur davrda umumiy indeks taxminan 25 foizga oshgan.
Ayni paytda, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va restoranlar ba’zi mahsulotlar bo‘yicha takliflarni ko‘paytirmoqda. J.M. Smucker va Conagra kofe va margarin narxini tushirgan. McDonald's va Wendy's narxlar oshishini istamaydigan iste’molchilar uchun takliflar taqdim etishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, Picodi tahlilchilarining 2023 yilning avgust oyidagi hisobotiga ko‘ra, o‘zbekistonliklar daromadining 46,5 foizini ovqatga sarflaydi. Bu rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 7-8 barobar ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!